“Respublikamizda tadbirkorlik, xususiy sektor rivojlanayotgani natijasida transport vositalarining ham soni ortib bormoqda. 2001 yilda Özbekiston Respublikasida 1 mln 200 mingta transport vositasi bölgan. 2021 yilning 1 dekabr holatiga respublikamizda 3 mln 775 mingta transport vositasi mavjud. Statistik ma'lumotlarga köra, avtomobillar soni har yili örtaça hisobda 300 mingtaga köpaymoqda.
Avtomobillar soni ortib borgandan keyin ular uçun xavfsiz yöllar ta'minlanişi kerak. Yöl infratuzilmasi hamda logistik tartib örnatilişi kerak. Özbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan “Ravon yöl” tamoyili deganda 4 ta ustuvor yönalişni tuşunişimiz kerak.
Birinçi navbatda, maktabgaça ta'lim taşkilotlaridan boşlab oliy öquv yurtlari, haydovçilarni tayyorlaş taşkilotlarida yölda harakatlaniş madaniyati, özaro hurmat şakllantirib boriladi. Ikkinçi yönaliş – yöl infratuzilmamizning transport vositalarining harakatlanişiga töğri keliş-kelmasligi. Uçinçi yönaliş esa yöl harakatiga mas'ul bölgan nazorat organlari faoliyatini takomillaştiriş hamda ularning vazifalarini aniq belgilab beriş. Törtinçi yönaliş bu harakat xavfsizligini ta'minlaş, YTH natijasida jarohat olganlarga öz vaqtida va sifatli tibbiy yordam körsatiş.
“Özbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni asosida yöl harakati xavfsizligi tizimiga 23 ta muhim vazifa belgilab berildi. Bu vazifalar albatta “Yöl harakatini taşkil etiş töğrisida”gi qonunda öz ifodasini topadi. Çunki şu paytgaça “Yöl harakati töğrisida”gi qonun bölgan, lekin yöl harakatini taşkil etiş, ya'ni yöl infratuzilmasiga mas'ul vazirlik va idoralar majburiyatlari aniq belgilanmagandi. Hozirgi kunda mazkur qonun loyihasi ustida jadal işlayapmiz. Yaqin kunlarda tegişli tartibda uşbu hujjatni aloqador vazirlik va idoralarga, undan söng Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga taqdim qilamiz”, deb aytgan Olim Saidov Xalqaro press-klubning 1 dekabr kuni bölib ötgan sessiyasida.
Davlat statistika qömitasi şu yilning avgustida aholida 2,8 millionta yengil avtomobil mavjud ekani, sentyabrda esa Özbekistonda har 100 ta uyga örtaça 50 ta yengil avtomobil töğri kelayotganini
















