Viloyat hokimining ma’lum qilişiça, 2022 yildan har oyda kamida bir marotaba har bir kompleks rahbarlarining, ya’ni 1 nafar viloyat hokimi örinbosarlari, 2 nafardan boşqarma, korxona rahbarlarining hisobotlari eşitib boriladi.

Şuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari sessiyalarini televideniye hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali töğridan töğri efirga uzatiş yölga qöyiladi.
Hokimning ta’kidlaşiça, yakuniga yetayotgan yilda budjetga 2 trln 811,6 mlrd sömlik, mahalliy budjetga 1 trln 939,3 mlrd söm tuşumlar tuşiriş hamda viloyat ixtiyoriga 140 mlrd söm erkin qoldiq mablağlari qoldiriş rejalaştirilgan.
Murojaatnomada 2022-2026 yillarda viloyatda amalga oşirilişi rejalaştirilgan eng muhim vazifalarga ham töxtalib ötildi.
«Keyingi beş yillikda viloyat aholisiga munosib yaşaş şaroiti yaratilib, infratuzilma bilan boğliq masalalar hal etiladi. Jumladan, Navoiy şahrida yangi massiv barpo etilib, 4 ming xonadonga möljallangan köp qavatli uylar, maktab, boğça va boşqa ijtimoiy obektlar qurilişi yölga qöyiladi.
Zarafşon şahri hududi kengaytirilib, qöşimça 30 ming aholi yaşaşi uçun, zamonaviy infratuzilmaga ega bölgan «Sanoatçilar şaharçasi», boşqa tumanlarda 14 ming xonadonli 400ta köp qavatli uy-joy bunyod etiladi. Viloyatda ming km.dan ortiq içimlik suvi va 90 km kanalizatsiya tarmoqlari quriladi.
«Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida kelgusi beş yilda 100ta qişloq va mahalla obod qilinadi. Bunga budjetdan har yili kamida 600 mlrd söm yönaltiriladi. Şuningdek, 5 ming km elektr tarmoği, mingdan ziyod transformator hamda 6 ming km avtomobil yöllari, 186ta köprik quriladi va ta’mirlanadi. Bundan taşqari, 15 mlrd dollarlik 2,2 mingta investitsiya loyihasi amalga oşirilib, 75 mingta yangi iş örni yaratiladi», deya viloyat hokimining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Murojaatnomada 2022 yilda amalga oşirilişi möljallanayotgan çora-tadbirlar haqida ham ma’lum qilindi. Jumladan, viloyatda yalpi hududiy mahsulot işlab çiqariş hajmi 54,8 trln sömga (ösiş sur’ati 105,6 foiz), sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 94,7 trln sömga (ösiş sur’ati 107,3 foiz), qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 12,7 trln sömga (ösiş sur’ati 102,8 foiz), quriliş işlari 4,7 trln sömga (ösiş sur’ati 104,3 foiz) yetkaziladi.
«2022 yilda viloyat böyiça 9464 gektar yangi yer maydonlari özlaştiriş rejalaştirilgan bölib, ularning 7 464 gektarida tokzorlar va boğlar, 700 gektarida pistazor, 20 gektarida issiqxona taşkil etiladi hamda 1 387 gektarida boşoqli va ozuqa ekinlari yetiştiriladi.
2022 yilda 4 890 gektar paxta va ğalla maydonlari qisqartirilib, aholiga dehqon xöjaliklari şaklida 10 yil muddatga ajratiladi. Mahalliy sanoatni rivojlantiriş uçun qiymati 5,3 trln sömlik 729 ta hududiy investitsiya loyihasi şakllantirilib, ular hisobiga 10 mingdan ortiq yangi iş örni yaratiş belgilab olindi.

Kelgusi yilda viloyatda 365,2 mlrd söm mablağ hisobiga 1 151 km avtomobil yöllarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş işlari bajariladi. 63 mlrd söm mablağ evaziga 242,4 km içimlik suv tarmoqlari hamda 15 ta suv inşootlari quriladi, 32,7 mlrd söm evaziga «Investitsiya» dasturi doirasida 106,3 km içimlik va 46 km oqova suv tarmoqlari tortiladi.
Şuningdek, 974,7 km elektr tarmoqlarini yangilaş, 253 dona transformatorni hamda 3 dona podstansiyani yangidan quriş va rekonstruksiya qiliş işlariga 187,8 mlrd söm mablağ sarflanadi», deya ta’kidladi Tursunov.











