MDH davlatlari vakillari Mintaqalararo va çegaraoldi hamkorlik kengaşi yiğilişida Hamdöstlik davlatlari regionlarining birinçi forumini 2022 yilda Özbekistonda ötkazişga qaror qilişdi. Bu haqda MDH Ijroiya qömitasi saytida ma’lum qilindi.
Videoanjuman şaklida ötgan yiğilişda Özbekiston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston vakillari iştirok etgan.
“Uçraşuv iştirokçilari MDH davlatlarida mintaqalararo va çegaraoldi hamkorligining holatini, 2030 yilgaça hamkorlik konsepsiyasi ijrosini muhokama qilişdi va taşkilotning yangi konsepsiyasi loyihasini körib çiqişdi. Yiğilişda, şuningdek, MDH davlatlari regionlarining birinçi forumini ötkaziş konsepsiyasi muhokama qilindi va uni 2022 yilda Özbekistonda ötkazişga qaror qilindi”, deb aytilgan xabarda.
Mintaqalararo va çegaraoldi hamkorlik kengaşi 2008 yil 10 oktyabrda taşkil etilgan.












