Şimoliy Koreya hukumati mamlakatning sobiq rahbari, amaldagi yetakçi Kim Çen Inning otasi Kim Çen Ir vafotining 10 yilligida fuqarolarga 11 kunga kuliş va spirtli içimliklar iste’mol qilişni taqiqlab qöydi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.

Bundan taşqari, şimoliy koreyaliklarga gavjum joylarda yaxşi kayfiyatda yuriş taqiqlab qöyilgan. Uşbu taqiqlov sobiq yetakçi vafotining 10 yilligiga bağişlangan xotira tadbirlari ötkazilişi vaqtida amal qiladi.

“Motam vaqtida spirtli içimliklar içmasligimiz, kulmasligimiz, xursandçilik qilmasligimiz lozim”, deb aytilgan xabarda.

Şuningdek, fuqarolarga Kim Çen Ir vafot etgan kun – 17 dekabrda dökonlarga boriş taqiqlab qöyilgan. Ta’kidlanişiça, biroq bu hali hamma çeklovlar emas.

“Agar oilangiz a’zosi motam amal qilişi vaqtida olamdan ötsa ham, sizga baland tovuşda yiğlaşga ruxsat berilmaydi, dafn marosimlarini esa barça xotira tadbirlari tugagaç ötkaziş mumkin böladi”, deb aytgan noma’lum bölib qolişni istagan fuqarolardan biri.

Boşqa bir fuqaroning aytişiça, mamlakatda odamlar ğamgin bölib körinişi ortidan kuzatuvçi maxsus politsiya otryadi tuzilgan.

Şimoliy Koreyaning sobiq yetakçisi Kim Çen Ir 2011 yil 17 dekabrda vafot etgan. Hozirda uning mumiyolangan jasadi otasi, Şimoliy Koreya asosçisi Kim Ir Senning jasadi bilan birga “Kimsusan” mavzoleyida saqlanadi.

Kim Çen Ir Şimoliy Koreyani otasi ölimidan keyin 1994 yildan boşlab to öz ölimigaça – 2011 yil dekabrigaça boşqargan.