Murojaatlar ortidan Andijon viloyatining Şahrixon va Baliqçi tumanlaridagi Barkamol avlod va Çanavoz mahallalarida böldik.

Qişning sovuq oylarida sifatsiz, past kuçlanişli elektrdan foydalanişga majbur aholi elektr tarmoqlari mutasaddilarining “Dasturga tuşirdik, qişgaça transformator va simyoğoçlar örnatiladi” degan puç va’dalariga işonişgani haqida kuyunib gapirişdi.

“Kuçlaniş 90 voltga ham yetmaydi”

Murojaat ortidan borgan joyimiz – Baliqçi tumani Kölböyi qişloği Çanavoz mahallasi köçalaridagi qölbola simyoğoçlar ötgan asrda örnatilgan ekan. Köçalarni aylandik. Liniya nobopligidan elektr simlari pasayib ketgan. Aholi vakillari sifatsiz elektr ta’minoti orqasidan paydo bölayotgan muammolar haqida kuyunib gapirişdi.

“Bu simyoğoç va simlarni 31 yil oldin öz mablağimizga sotib olib örnatgan edik. Yillar davomida ayançli holga kelib qoldi. Qöllarimizni kötarsak, salkam simga tegadi. Maktabga, boğçaga qatnaydigan bolalarimizdan xavotirda yaşayapmiz. Kattaroq yuk maşinalari köçalarimizga kirmaydi. Çunki simlar juda past holatda turibdi. Uzib ketişi mumkin”, – deydi Abduğaffor Qoraboyev.

 

Mahalla ahli keçqurunlari elektr kuçlanişi öta pasayib ketişi oqibatida maişiy texnika jihozlari, hatto televizor ham işlamayotgani haqida şikoyat qilişdi.

“Tok pastligidan suv tortadigan motor işlamaydi. Televizorlar qotib qoladi. Özim payvandçi ustaman. Payvand apparati, bolgarkalar umuman işlamaydi. 2019 yildan buyon tuman, viloyat, Prezident qabulxonasiga murojaat qilamiz. Oxirgi murojaatimizdan keyin tuman elektr korxonasi boşliği muammolar 2021 yil 4-çoragida uzil-kesil bartaraf etilişini aytib, öz imzosi bilan javob xati bergandi. Mana, törtinçi çorak tugayapti, harakatdan darak yöq”, – deydi Murodillo Rasulov.

Aholining aniq savollariga javob izlab, Baliqçi tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Eldorbek Jörayevga mikrofon tutdik. Mutasaddi Çanavoz mahallasidagi holatdan xabardorligini aytdi.

“Haqiqatan ham Kölböyi mahallasi köçalaridagi simyoğoçlar eskirib, simlar nosoz holatga kelgan. Transformator punkti ham qurişimiz kerak. Bu yilgi dasturimizda köra, mahallaga bir dona 160lik transformator olib borib, eski simyoğoçlarni 78 ta temir beton tayançga almaştiramiz. Hozir iş boşlaganmiz. Yilning oxirigaça yakunlab beramiz”, – deydi Eldorbek Jörayev.

“Neça yilki jinçiroqda yaşaymiz”

Şahrixon tumanining çekka hududda joylaşgan Ahmadbek qişloği Barkamol avlod mahallasiga oqşomga yaqin borganimizda bizni bir guruh aholi vakillari kutib turgan ekan.

Mazkur mahalla aholisi bizga oxirgi yillarda nega juda köp bora murojaat qilganining sababini muammolarni körib tuşundik. Köçalarga örnatilgan terak va tol yoğoçlaridan tikkalangan simyoğoçlarning holati xavfli, xonadonlarda esa tok kuçi ozligidan xira yonib turgan çiroqlarni körasiz. Mahalla ayollari elektr ta’minotidagi muammolardan toza zerikkan ekan. Bizni körib dardlarini töka solişdi.

 

“Mahallamizda elektr ta’minotidagi holat juda yomon. 2016 yildan beri töxtovsiz murojaat bilan çiqamiz. Lekin heç ham çora körilmayapti. Bu yil yana çiqdik. Arizamizni qabul qilişgaç, mutasaddilar kelib körişdi, suratlarga olişdi. “3-çorak rejasiga kiritildi. Muammo bartaraf etiladi” deya va’da berişgan edi. Lekin yil tugayapti, natija bölmadi.

“Svet”larimiz xira yonadi. Keçqurun biror narsa öqiy olmaysiz yoki çoy qaynata olmaysiz. Içi kuyib ketib, ikki marta kir yuvadigan maşinamizni almaştirdik. Bolalarimiz dars tayyorlay desa, jinçiroqda ötiramiz. Hatto fonarlarimiz ham quvvat ololmaydi. Lekin elektr pulini doim tölab yuramiz. Heç qanday qarzdorligimiz yöq.

Bu yil “elektroset”ga beşta ayol töplanib bordik. Rahbarlari yana quruq gaplarni gapirişdi”, – deydi Saodatxon Ahmedova.

Mahallada 100dan ziyod xonadon bölib, 500 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Yilning sovuq faslida, nobop simyoğoçlardagi simlar şamol va kuçlanişdan uzilaverib, tuzatgani montyorlar ham kelmay qöyibdi.

“Tok kuçi pastligidan elektr isitkiçlarni işlata olmaymiz. Maişiy jihozlar – tikuv maşinasi, kir yuviş, elektr peçlar-ku umuman işlamaydi. Hatto ba’zan televizor ham körsatmaydi”, deydi bizni uyiga olib kirgan Şavkatbek Mahmudov.

Muammoli holatni örganişni tugatayotganimizda öşa joyga Şahrixon elektr ta’minoti korxonasi muhandisi A’zamjon Habibov yetib keldi.

“Haqiqatan ham Barkamol avlod mahallasida elektr ta’minotida muammolar mavjud. Çunki mahallaga liniya juda uzoqdan tortilgan. Kuçlanişni mö’tadil qiliş uçun transformator olib kelib qöyganmiz. Transformatorlarni tez kunlarda işga tuşirib, aholini sifatli elektr energiya bilan ta’minlaymiz.

Simyoğoçlar masalasida aytadigan bölsam, beş yarim kilometrli loyiha tayyorladik. Yil oxirigaça muammoni tugata olmasak kerak. Çunki 20 iş kuni qoldi. Keyingi yil birinçi çoragida işni boşlaymiz”, –deydi mutasaddi.

Xulosa örnida

Har ikki qişloqdagi muammo böyiça mutasaddilarning izohini tinglab, ularning va’dalariga işongimiz keldi. Biroq Çanavoz va Barkamol avlod mahallasida yoşovçi aholi vakillari işonişdi deya olmaymiz. Bir kalendar yili tugab, yangi yil boşlanişiga ikki hafta qoldi. Oylar, çoraklar ötib ketdi.

Savol tuğiladi. Har ikki mahalla öz muammolari yeçimini 2022 yil boşida körarmikin? Javobni esa Andijon viloyat hokimligi va Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan kutib qolamiz.

Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismolov