Ijtimoiy tarmoqlarda kömir ortilgan yuk poyezdi Angren hududida izidan çiqib ketgani, temir yöl ustida va yon atrofida yotgan kömir ortilgan vagonlar majaqlanib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilişiça, uşbu holat 19 dekabr kuni soat 05:03da Toşkent viloyatining Angren şahridan 19 km şarqiy yönalişda joylaşgan «Özbekkömir» AJga qaraşli «Angren kömir koni» hududidagi temir yölda sodir bölgan.

Qayd etilişiça, avariya 10-sonli lokomotiv sostav elektrovozning siqilgan havosiz qolişi oqibatida boşqaruvsiz harakatlangani va 1-yölda harakatlanib ketayotgan 17-sonli lokomotiv sostaviga urilgani oqibatida kelib çiqqan. Natijada jami 33ta yuk vagonidan 20ta vagon (010-sonli lokomotiv sostavidan 14ta kömir ortilgan yuk vagon va 017-sonli lokomotiv sostavidan 6ta böş yuk vagoni) temir yöli izidan çiqib, ağdarilgan.

Hodisa oqibatida 010-sonli lokomotiv sostavi maşinisti va uning yordamçisi yengil tan jarohati olgani aytilgan. Ular «Temir yöl transporti» filiali hududidagi Tibbiy yordam punktiga olib borilib, tibbiy yordam körsatilgan va Angren şahar şifoxonasiga yuborilgan.

«Mazkur holat oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida voqea joyiga «Özbekkömir» AJ tasarrufidagi «Temir yöl transport» filialidan 2ta yuk krani, 2ta pogruzçik va 50 nafar işçi-xodimlar jalb etilgan. Bartaraf etiş işlari davom etmoqda.

Sodir bölgan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi FVV axborot xizmati xabarida.

Hodisa yuzasidan «Özbekkömir» AJ ham bayonot berdi. Jamiyat axborot xizmati FVVdan farqli ravişda avariya tufayli ölim yuz bermagani va heç kim tan jarohati olmaganini ma’lum qilgan.

«Jamiyat tasarrufidagi «Temir yöl transporti» filialiga qaraşli 010-sonli lokomotiv sostav ulangan elektrovozning tormoz tizimida yuz bergan nosozlik oqibatida mazkur sostav «Jigariston» stansiyasining 7-yuklaş yölidan boşqaruvsiz yurib ketib, «Blokpost» va «Ştolnya» stansiyalari oraliğidagi 1-yölda harakatlanib borayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga borib urilgan. Töqnaşuv oqibatida 010-sonli lokomotiv sostavi temir yöldan çiqib ketgan va sostavga qöşilgan 23 vagondan 14tasi ağdarilib, nosoz holga kelgan.

− 017-sonli lokomotiv sostav elektrovoziga ulangan 10ta yuk vagonidan 6 tasi temir yöldan çiqib ketgan va ağdarilib, nosoz holga kelgan.

Ölim va tan jarohati oliş holatlari yöq. 010-sonli lokomotiv sostav elektrovoz maşinisti B.J.Niyazmatov hamda maşinist yordamçisi B.A.Sobirov jamiyat hududidagi tibbiy yordam punktida tibbiy körikdan ötkazilganida, ularning tan jarohati olmaganliklari aniqlangan», deyiladi «Özbekkömir» AJ bayonotida.

Hozirda hodisa sabablari Özbekiston IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlaş boşqarmasi tergov bölimi tomonidan örganilmoqda. Natijalari haqida qöşimça xabar qilinişi aytilgan.