Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan şahri köçalarini suv bosgani aks etgan videolar tarqaldi. Bu videolarda «Lola» bozori va Namangan davlat universiteti atrofidagi köçalarni suv bosganini köriş mumkin.
18 dekabr kuni Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelgandi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi meteorologi Erkin Abdulahatovning yozişiça, 19 dekabr kuni keçasi va 20 dekabrga ötar keçasi Toşkent viloyati toğ va toğoldi hududlarida köp miqdorda yoğingarçilik (yomğir—qor) kuzatilgan. Ayrim kuzatuv hududlarida 20 millimetrgaça yoğin yoğib qöygan.
«20 dekabrga ötar keçasi esa nam havo oqimlari şarqqa tomon siljib, Namangan viloyatiga yaxşigina yoğingarçilik keltirgan.
Masalan, Namangan şahrida 10 millimetr oraliqda yoğib ötgan yomğir şaharning ayrim köçalarida suv bosiş holatlarini keltirib çiqargan», deya yozadi u.












