Prezidentning «Nogironligi bölgan şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bandligiga kömaklaşiş hamda ijtimoiy faolligini yanada oşirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori imzolandi.

Hujjatga köra, 2022 yil 1 fevraldan boşlab:

a) Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida professional ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barça hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bölgan şaxslarni kasb-hunarga örgatiş böyiça har çorakda qisqa muddatli kurslar taşkil etiladi.

Bunda, qisqa muddatli kurslarning öquv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarni inobatga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi, Özbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Özbekiston nogironlar jamiyati, Özbekiston közi ojizlar jamiyati hamda Özbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda işlab çiqiladi.

b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Işga marhamat” monomarkazlarida nogironligi bölgan şaxslar uçun tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlaş asoslari böyiça doimiy ravişda öquv kurslarini taşkil etadi.

Bunda, öquv kurs (guruh)larini taşkil etişda nogironligi bölgan şaxslar uçun bino-inşootlarni moslaştiriş, tegişli şart-şaroitlarni yaratiş, jihozlaş, öquv qurollari va öquv-metodik materiallar bilan ta’minlaş bilan boğliq xarajatlar Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hamda xorijiy grant va kreditlar hisobidan amalga oşiriladi.