Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi Toşkent şahridagi noqonuniy qurilgan köp qavatli uylar soni böyiça maʼlumot berdi.

Qayd etilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi muhokama davomida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining javobida Toşkent şahridagi noqonuniy qurilgan köp qavatli uylar soni 720 ta deb keltirilgan.

Vazirlikning bildirişiça, Toşkent şahrida jami 320 dan ortiq noqonuniy quriliş obyekti aniqlangan. Mazkur körsatkiç turli toifadagi bino va inşootlarni, şu jumladan, yakka tartibdagi xonadonlar va kiçik obyektlarni (dökonçalar, savdo kiosklari, kiçik pavilonlar va boşqa qurilişlar) qamrab oladi. Muhokamada nazarda tutilgan köp qavatli uylar soni 61 tani taşkil etadi.

“Biz tomonimizdan taqdim qilingan javobda umumiy quriliş obyektlari soni köp qavatli uylar soni sifatida keltirilgan. Uşbu xatolik uçun uzr söraymiz”, deyiladi vazirlik tomonidan.

Avvalroq poytaxt hokimligi quriliş masalalari böyiça kotibiyat mudiri Jasur Karimov Kun.uz’ga Toşkent şahrida ötkazilgan sönggi inventarizatsiya natijasida 70 dan ortiq obyektda 173 ta köp qavatli uyda quriliş bilan boğliq qonunbuzilişlar aniqlanganini maʼlum qilgandi.