Uning aytişiça, agar hukumat tomonidan amnistiya qöllanib, ob’yekt tegişli röyxatga kiritilsa, bino avval instrumental-texnik tekşiruvdan ötkaziladi. Unda ob’yektning belgilangan talablarga muvofiqligi, şuningdek, uni mustahkamlaş imkoniyati bor-yöqligi aniqlanadi. Agar bino texnik talablarga javob bersa va zarur kamçiliklar bartaraf etilsa, u foydalanişga qabul qilinişi mumkin. Şundan söng davlat dalolatnomasi rasmiylaştirilib, mulk huquqi e’tirof etiladi. Vazirlik vakili talablarga javob bermaydigan binolarni buziş vakolati biror davlat organiga töğridan-töğri berilmaganini ta’kidladi.

«Agarda bino heç qanday talabga javob bermasa yoki boşqa sabablarga köra qurilişi töxtatilgan ob’yekt bölsa, buni töğridan-töğri heç qaysi organ buziş vakolatiga ega emas. Bu faqat sud tartibi orqali amalga oşiriladi», - dedi Javohir Ergaşboyev.

Eskrou tizimi qurilişi tugallanmagan uylarga pul tölaş xavfini kamaytiradi

Quriliş vazirligi vakili suhbat davomida yangi eskrou tizimi haqida ham ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlaşiça, tizimning asosiy maqsadi - fuqarolarning qurilayotgan uylarga tölagan mablağlarini himoya qiliş va quruvçi tomonidan majburiyatlar bajarilmay qolişi xavfini kamaytiriş.

Yangi tartib bilan ob’yekt böyiça loyihalaş işlari amalga oşirilgandan keyin qurilişni boşlaş uçun zarur mablağning belgilangan qismi maxsus hisobraqamga joylaştirilişi kerak böladi. Vazirlik vakili bu mexanizm orqali fuqarolarning pul tölab, keyin qurilişi tugallanmagan yoki boşqa sabablarga köra foydalanişga topşirilmagan uy bilan muammoga duç kelişining oldini oliş maqsad qilinganini aytdi.

«Fuqarolar pulini tölab, aldanib qolib ketaveradimi, bino buzilib ketsa nima böladi - mana şuning oldini oliş maqsadida bu tizim yaratildi», - dedi u.

Uning ma’lum qilişiça, eskrou tizimini işga tuşiriş jarayoni bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.