Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyev qoraqalpoğistonliklarga qilgan murojaatida “yangi”, “suv”, “quriliş” kabi bir qança sözlarni köp bora işlatgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qahramon Sariyevning aholiga murojaatini lingvistik kontent-tahlil qildi va asosiy e’tibor nimalarga qaratilganligini aniqladi.

2021 yil 20 dekabrda Xalq depetatlari viloyat Kengaşining navbatdagi 24-sessiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi xalqiga murojaat qildi.

Tasviriy ifodalovçi sözlardan foydalanib, hududda 2022 yilda asosiy e’tibor qaratiladigan sohalarni köriş mumkin.

Foto: Kun.uz

Kengaş raisi öz nutqida jami 3 660 sözdan foydalangan. Eng köp “yangi” sözini - 26 marta, “suv” sözini – 21 marta, “quriliş” sözini – 20 marta, “ijtimoiy” sözini – 15 marta, “qişloq” sözini – 14 marta, “yoşlar” va “aholi” sözlarini 12 martadan, “sanoat” va “Qoraqalpoğiston” sözlarini 10 martadan qöllagan. Bundan taşqari, “Özbekiston”, “xizmat”, “bandlik”, “maktab”, “tadbirkorlik”, “mahalla”, “investitsiya" sözlari ham köp takrorlangan.

Murojaatda, “inson – jamiyat – davlat” taraqqiyot strategiyasiga töxtalib, asosiy e’tibor 2021 yil davomida erişilgan iqtisodiy ösiş sur’atlari, amalga oşirilgan investitsion loyihalar, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosiga hamda 2022 yilda viloyatda amalga oşiriladigan bunyodkorlik işlariga qaratilgan.

Foto: Kun.uz

Murojaatnomada Qahramon Sariyev Qoraqalpoğistondagi tadbirkorlarga 10 yillik imtiyozlar berilgani haqida gapirgandi.