Piyodalarga örin yöq konsepsiya haqida
Toşkent şahar transporti va yöl-transport infratuzilmasini 2025 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi. Konsepsiya tanqidlarga sabab böldi. Xususan, Davletov.uz kanali unda piyodalarga örin yöqligiga e’tibor qaratdi.
«Konsepsiya şunaqa yozilganki, Toşkent yöl-transport tuzilmasida piyodaga göyoki örin yöq. Hujjat loyihasida piyoda haqida qariyb (2-3ta mavhum tadbirni aytmasa) söz bormagan. Bu hujjatni yozganlar piyoda yurişmasa kerak. Jamoat transporti böyiça taklif qilinayotgan çora-tadbirlar ham bir martalik çoralarga öxşaydi, bu çoralar hozirgi bardakni yana davom ettirsa ettiradiki, tubdan özgartirmaydi», dedi kanal muallifi.
Bloger Otabek Bakirov esa «jamoat transportini rivojlantirişda qimmat usullardan foydalanilayotgani»ga urğu berdi.
«Keyingi yillarda poytaxtda jamoat transporti bilan boğliq ahvol faqat oğirlaşib borayayotgani, jamoat transporti harakatini yölga qöyişda nisbiy afzalligi yuqori bölmagan va eng qimmat usullardan foydalanilayotgani köp tanqid qilindi. Xususan, ekspertlar va faollar Toşkentda tramvay harakatini tiklaş töğrisida köplab mulohazalarni bayon etdilar.
Lekin taklif etilayotgan loyihada bu inobatga olinmagan.
Ayni paytda taksi xizmati körsatiladigan harakat tarkibi töliq elektromobillarga ötkazişni közda tutişmoqda (kimdir elektromobillar bahonasida taksi xizmatini özi egallamoqçiga öxşaydi).
Qariyb 27 mlrd sömga bekatlarning dizaynini yangilaşmoqçi (Axir Toşkent çinovniklari uçun bundan muhimroq iş bormi?) 180 mlrd sömga «Aqlli bekat» (SmartBUS STOP) tizimini taşkil etişmoqçi.
Konsepsiya ijrosi böyiça komissiyaga janob Ramatov rahbarlik qiladi.
Loyiha bilan tanişing, fikr bildiring. Siz uçun boşqasi kelib bu işni qilib bermaydi», deb yozdi u.
«Mayda korrupsiyaga yangi fortoçkalar» ruknidan
Yakunlangan haftada Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning «bir kilo vazn taşlagan odamga 500 ming sömdan beriş» haqidagi gaplari muhokamalarga sabab böldi.
Hajviy memlari bilan maşhur «Rais buva» kanali «Tez orada Farğona poliklinikalarida» sarlavhasi ostida karikatura e’lon qildi.

Jamoat boği jamoatniki!
«Zametki ekonomista» kanali muallifi Botir Qobilov investorlarga jamoat boğlarining berilişiga e’tibor qaratdi.
«Quyidagi jumlani köp eşitdim: «Jamoat boği investorga investorlik majburiyatlari asosida berildi».
Mana şu gapning har bir sözida xato bor ekan:
– jamoat boği jamoatniki va har doim jamoatda qolişi kerak, şaxsiy qöllarda emas. Jamoat boğiga tajovuz mustaqillik va insonlarning erkinligiga tajovuz kabi narsa;
– investorga heç narsa «berilişi», hadya qilinişi kerak emas. Umuman olganda, har qanday aktivlar uni eng qadrlaydigan investorga eng asosiy vosita – narx orqali tegişi kerak
– investorlik majburiyati degan amaliyotdan umuman voz keçiş kerak, ayniqsa davlat aktivlarini nol-bir söm qiymatda sotilişini (öqilsin: hadya qilinişini)», deb yozdi u.
Yangi qömita, yangi agentlik, yangi vazirlik...
Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev iqtisodiyotda davlat uluşi kamaytirilişiga urğu berilsa-da, yangidan yangi vazirlik, agentliklar oçilişi davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini oşirayotganiga e’tibor qaratdi.
«Oxirgi yillarda davlatning iqtisodiyotga aralaşuvi yana faollaşib qoldi. Bu tendensiyani davlat sektorida band bölganlarning uluşi oşib borayotganida ham köriş mumkin. Nodavlat sektorning umumiy iş bilan band aholiga nisbatan uluşi esa, tabiiyki, kamayib bormoqda (nodavlat sektori bu töliq xususiy sektorni anglatmaydi, bu yerda ham davlatning uluşi qisman bor, lekin tasnif böyiça aynan şunaqa olingan).
Joriy yilning uçinçi çoragidagi ma’lumotlarga köra, davlat sektorida band bölganlar umumiy band aholining 19,2 foizini taşkil etgan ekan. 2020 yilning uçinçi çoragi bilan taqqoslaganda bu körsatkiç 0,4 foizga pasaygan. Lekin birinçi çorak yoki 2020 yil törtinçi çoragida (qisman doimiy mavsumiylik mavjud) davlat sektorida band bölganlarning umumiy iş bilan band aholidagi uluşi mos ravişda 18,6 foiz hamda 18,7 foizni taşkil etgan. Hamda davlat sektorining iş bilan ta’minlaşdagi uluşi hozirgi körsatkiçdan mos ravişda 0,6 foiz hamda 0,5 foizga pastroq bölgan.
Agar uzoqroq davrni taqqoslasak, 2017 yilning III çoragida davlat sektorida band bölganlarning umumiy iş bilan band aholidagi uluşi 17,8 foiz körsatkiçni taşkil etgan. Ya’ni davlatning aholini iş bilan ta’minlaşdagi roli 4 yil oldin hozirgi kundagidan 1,4 foizga pastroq bölgan. 2017 yildan keyin davlatning iş bilan ta’minlaşdagi roli doimiy ravişda oşib borgan, 2020 yildagi pandemiya esa bu jarayon odatdagidan ança tezlaşişiga xizmat qilgan.
Bir yil oldingi körsatkiçlar bilan taqqoslaganda, davlatning iş bilan ta’minlaşdagi roli biroz pasaygan bölsa-da, uzoqroq muddatli davrni olib qaraganda bu rol oşib borayotganini köriş mumkin (masalan, 2017 yil bilan taqqoslaganda)», - deydi muallif.
U davlat sektorining rolini kamaytiriş haqida juda köp gapirilişi, lekin 4 yil oldingi körsatkiçlar bilan taqqoslansa, davlatning iş bilan ta’minlaşdagi uluşi sezilarli darajaga oşib ulgurganini ta’kidlagan.
«Balki, har kuni yangi qömita, yangi agentlik, yangi vazirlik oçişni töxtatiş haqida öylab köriş kerakdir. Ana şunda davlatning aralaşuvini kamaytiriş böyiça aytilayotgan gaplar oz bölsa-da amalda öz ifodasini topgan bölarmidi», deb qöşimça qilgan u.












