AESlarni köpaytiriş rejasi va kommunal tariflar muhokamasi - hafta dayjesti
|08:50 / 18.10.202618 56113 min
Yadro energetikasida rejalar kengaydi: ikkinçi va uçinçi stansiyalar ham qurilişi mumkin. Isitiş mavsumi yangi tariflar bilan boşlanadi: muhokamada – propan va issiqlik taʼminoti. Pedofiliya uçun umrbod qamoq jazosi kuçga kirdi; şilqimlik uçun ham jazo oğirlaşdi. “Özbekiston poçtasi” Wildberries boşqaruvida: Davaktiv rahbari yolğon gapirdimi?
Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim muhim yangiliklari - Kun.uz dayjestida.
Ikkinçi va uçinçi AESlar ham rejada
Jizzaxda qurilayotgan atom elektr stansiyasi Özbekistondagi yagona AES bölmasligi tobora oydinlaşib boryapti. Prezident Şavkat Mirziyoyev ikkinçi va hatto uçinçi atom elektr stansiyasini ham quriş rejalari borligini maʼlum qildi. Davlat rahbari bu haqda juma kuni energetika sohasidagi investorlar bilan uçraşuvda aytib ötdi.
“Ertaga yangi hamkorlarimiz bilan ikkinçi AESni quriş masalasida investorlar bilan gaplaşamiz. AESga juda katta eʼtibor beryapmiz, bizda uran işlab çiqariş köpayyapti. Uran işlab çiqarişga juda katta sarmoya jalb qildik, tajriba orttirdik. Birinçi AESni boşladik, ikkinçi va uçinçisiga ham rejalarimiz bor”, – dedi prezident.
Jahon yadro assotsiatsiyasi maʼlumotiga köra, mamlakatimiz 2024-yilda uran işlab çiqariş böyiça jahonda beşinçi örinda turgan – öşa yili Özbekistonda taxminan 4 ming tonna uran işlab çiqarilgan. Geologiya vazirligiga köra, 2025-yilda bu körsatkiç 7 ming tonnaga yetgan, 2026-yilda esa 8 ming tonnaga yetkaziş vazifasi qöyilgan. Uran işlab çiqariş hajmini 2030-yilga borib 15 ming tonnagaça oşiriş maqsad qilinmoqda.
Mahalliy xomaşyo bilan taʼminlangan 2-3 ta AES quriş – asosan tabiiy gazga tayanadigan hozirgi energotizimni uzoq muddatda diversifikatsiya qiliş, gazga qaramlikni kamaytiriş nuqtayi nazaridan jozibali körinadi. Qolaversa, 2030-yilga borib qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşi 54 foizga yetişi kutilyapti
Mavzuga oid
, bu esa ulkan energotizim uçun barqarorlik masalasini örtaga çiqaradi, çunki quyoş va şamol stansiyalari özgaruvçan ob-havo şaroitlariga, gidroelektrstansiyalar esa yoğingarçilik va suv omborlaridagi zaxiralarga boğliq. Bunday şaroitda AESlar işonçli tayanç vazifasini ötaşi mumkin.
Lekin masalaning ehtiyotkorlikni talab qiladigan boşqa jihatlari ham bor. Avvalo, AESlar sof iqtisodiy jihatdan qançalik özini oqlaydi? Maʼlumki, yadroviy stansiyalar qurilişi juda qimmat va ança uzoq vaqt davom etadi. Quriliş bitgaç, stansiyalarni ekspluatatsiya qiliş, xavfsizligini taʼminlaş ham – katta xarajat. Oddiy misol, Jizzaxda qurilayotgan ilk AES böyiça iqtisodiy hisob-kitoblar, u yerda işlab çiqariladigan energiyaning tannarxi haligaça maʼlum emas. Qolaversa, suv tanqisligi şaroitida sovitiş muammosi, stansiyani qurib bergan xorijiy davlatga önlab yillarga çöziladigan texnologik boğliqlik paydo bölişi kabi omillarni ham unutmaslik lozim.
Eslatib ötamiz, Rossiya bilan hamkorlikda Foriş tumanida qurilayotgan 2,1 gigavattli AES 9,5 mlrd dollarga baholangan. Avvalroq Özbekiston ikkinçi AESni Xitoy bilan hamkorlikda qurişni rejalaştirayotgani maʼlum bölgandi.
Isitiş mavsumi: kompensatsiya, tarif va çegirma
Isitiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan, ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan moddiy yordam tarqatiladi. Muhokamaga qöyilgan qaror loyihasiga köra, moddiy yordam Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga, şu bilan birga, reyestrga kiritilmagan, lekin daromadi muayyan mezonlarga tuşadigan oilalarga ajratiladi. Masalan, oilaning daromadi jon boşiga 1 mln 430 ming sömdan kam bölgan oilalar, Ijtimoiy reyestrga kirmagan bölsa ham, 1 mln söm oliş huquqiga ega.
Moddiy yordam 30-noyabrgaça vatandoşning ijtimoiy kartasi yoki bank kartasiga ötkazib beriladi. Bu jarayonda “davlat pul tarqatyapti” degan mazmundagi firibgarlik sxemalaridan ogoh böliş, internetdagi şubhali saytlarga karta maʼlumotlarini va SMS-kodni kiritmaslik tavsiya etiladi.
Ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş çoralari kengaytirilgani bejiz emas. 1-noyabrdan boşlab issiqlik taʼminoti va suyultirilgan gaz narxlari oşişi kutilyapti. Tegişli qaror loyihasida barça hududlar böyiça issiq suv va issiqlik taʼminotining aholi uçun taklif etilayotgan yangi tariflari keltirib ötilgan. Xususan, Toşkent şahrida tariflar 30 foizga oşib, issiqlik taʼminoti 1 kvadrat metr uçun sutkasiga 241 sömdan 314 sömgaça qimmatlaşişi mumkin. Misol uçun, poytaxtdagi örtaça 60 kvadrat metrli xonadonning yaşaş maydoni 35 kvadrat metr bölsa, eski tarif böyiça 261 ming söm bölgan uyni isitiş xarajati yangi tariflarda oyiga 340 ming sömga aylanadi. Xuddi şunday, issiq suv tarifini ham 30 foizga oşiriş taklif etilyapti.
Rasmiylarga köra, Toşkentda issiq suv va isitiş tariflari hozirgi tannarxning qariyb 20 foizini qoplaydi. 2030-yilga borib tariflarni bosqiçma-bosqiç tannarx darajasiga yetkaziş közda tutilgan. Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Xurşid Mustafoyev buni izohlarkan, tariflar va tannarxni tenglaştiriş yölida tannarx 30-40 foizga pasaytirilişiga vaʼda berdi.
“Tannarxga yetiş faqat tarif orqali amalga oşirilmaydi. Avvalo, kompaniya tannarxni pasaytiriş böyiça dasturlar işlab çiqiladi. Öşa qarorda ham yozilgan: har yili tannarxni 15 foizdan kam bölmagan darajada pasaytiriş böyiça dastur işlab çiqiladi va uni amalga oşiradi. Ikkinçisi, hozirgi kunda isitiş xizmatida yöqotişlar ham bor – buni hamma biladi, öşa yöqotişlarni texnik auditdan ötkazgan holda, yöqotişlarni kamaytiriş böyiça modernizatsiya dasturi işlab çiqiladi. Buning natijasida tannarxni kamida 30-40 foizga kamaytirsa böladi”, – dedi Mustafoyev.
Vazir örinbosari isitiş mavsumida gazlaşmagan va tabiiy gaz yetib borişi qiyin bölgan hududlarda elektr energiyasi böyiça bazaviy meyor 500 kWh emas, 350 kWh'gacha oşirilayotganiga ham izoh berdi. Uning aytişiça, gazlaşmagan hududlardagi 60 foiz aholi qiş paytida oyiga 300 kWh'gacha elektr energiyasi işlatadi va şu sababli mavsumiy meyorni 350 kWh deb belgilaş taklif qilinmoqda. Oşirilgan limit qariyb 4,6 millionta xonadonga taalluqli böladi.
Suyultirilgan gaz taʼminotida bozor mexanizmiga ötiladi
Muhokamaga qöyilgan qaror loyihalaridan uçinçisi – suyultirilgan gaz taʼminotiga oid. Unga köra, 1-noyabrdan eʼtiboran aholi uçun suyultirilgan gazning çakana narxi 2,5 barobarga: 1 kg uçun 2000 sömdan 5000 sömgaça oşişi mumkin. Rasmiylar buni içki işlab çiqarişning qisqarişi, importning ösişi va umuman mavjud defitsit bilan izohlamoqda.
Propan narxidagi bunday katta sakraş aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga sezilmasligi aytilyapti, çunki loyihada ehtiyojmand oilalar uçun suyultirilgan gazning har bir kilogrammiga 3000 sömdan kompensatsiya berilişi nazarda tutilgan. Bunda, kompensatsiya oyiga köpi bilan 20 kg suyultirilgan gaz uçun tölanadi va taklif etilayotgan tarifda maksimal 60 ming sömni taşkil etadi.
Aholi uçun suyultirilgan gaz narxlarini erkinlaştiriş qanday amalga oşirilişiga kelasi yilda aniqlik kiritiladi. Yaʼni davlat bir paytlar benzin narxlarini tartibga solişni töxtatgani kabi, suyultirilgan gaz narxini ham qöyib yuboradi va narxni bozor belgilay boşlaydi. Eng muhimi, yangi vujudga keladigan bozor barça uçun oçiq, erkin va raqobatli bölişi, davlat monopoliyasi örnini şunçaki xususiy monopoliya yoki oligopoliya egallamasligi kerak. Öyin qoidalarini belgilovçi liberalizatsiya loyihasi kelasi yil 1-maygaça tayyor bölişi kutilyapti. Unda ehtiyojmand qatlamning ijtimoiy himoyasi birinçi navbatda inobatga olinişi belgilangan.
Dastlabki rejalarga köra, Andijon tajribasi natijalari asosida, suyultirilgan gazni aholiga yetkazib beruvçi xususiy kompaniyalar faoliyati butun respublikada joriy etiladi; isteʼmolçilar taʼminotçini va yetkazib beriladigan hajmni özlari tanlaydi; “Hududgaztaʼminot”ning tegişli şöʼbasi – LPG-Trade qisman xususiylaştiriladi; gaz ballonlarini oddiy dökonlar va supermarketlardan sotib oliş mumkin böladi.
Şu örinda, propan taʼminoti böyiça mavjud vaziyatni ham yoritib ötişimiz maqsadga muvofiq. Mavjud tartibga köra, gazlaşmagan hududlar aholisiga ovqat pişiriş uçun suyultirilgan gaz har oy kamida bir marta yetkazib berilişi kerak, lekin amalda propan defitsiti mavjud va yetkazib beriş muddatlari köpinça çözilib ketadi. Kun.uz iyul oyida Farğona viloyati Quva tumani misolida gazballon yetkazib beriş muddatlari 100 kundan oşib ketgani haqida reportaj tayyorlagan edi.
Şundan keyin Bağdod tumanidan bizga kelib tuşgan video muammoni yanada yaxşiroq tasvirlab berdi: unda Qirqvolida qişloği ahli propan ballonlarini olib keladigan yuk maşinasi kelişini ertalabdan keçgaça behuda kutgani haqida söz boradi.
“Mana, uç oydan ötib ketdi, gazballon yöq. Deyarli 12 soatdan beri ötiribmiz. Taʼrifga til ojiz-da endi. Ilon Mask Marsga bir balolar quramiz deyapti, biz esa gazballon kutib ötiraveramiz. Yaxşi bölib ketadi, xudo xohlasa”, deydi murojaatçi.
Keçikkan qonun...
Foto: Peter Leee / Shutterstock
Özbekistonda pedofiliya uçun javobgarlik kuçaytirildi. Tegişli qonun 14-oktabr kuni prezident tomonidan imzolandi va şu kundan eʼtiboran kuçga kirdi.
Bunga qadar 14 yoşga tölmagan bolaning nomusiga tekkan şaxslar uçun 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi közda tutilgan edi. Endi esa bunday jinoyatçilar 15 yildan 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum etiladi. Bu turdagi oğir jinoyatlar böyiça hukm çiqarişda jinoyatçi aybiga iqror bölgani, çin köngildan puşaymonligi va boşqa yengillaştiruvçi holatlar inobatga olinmaydi.
Bundan taşqari, qasddan sodir etilgan va bolaning ölimiga sabab bölgan jinoyatlar uçun berilgan jazo yengillaştirilmaydi va mahkum jazoni töliq ötaşi şart böladi. Yuqorida sanab ötilgan jinoyatlar uçun javobgarlikka tortiş muddatida ham çeklov bölmaydi. Şuningdek, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda şahvoniy şilqimlik uçun belgilangan jarimalar keskin oşirildi, bunday huquqbuzarlik uçun maʼmuriy qamoq jazosi 10 sutkadan 15 sutkagaça uzaytirildi.
Uşbu qonunning favqulodda tezkorlik bilan qabul qilinişi – Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi boğçaning 52 yoşli xöjalik işlari mudiri 5 yoşli qizçani zörlagani bilan boğliq. Bu jinoyat ötgan oydagi eng rezonansli voqealardan biri bölgan, şundan keyin qonun loyihasi zudlik bilan parlamentga kiritilib, Qonunçilik palatasida uçta öqişdan va Senatdan ötişi uçun jami 4 kun yetarli bölgandi.
Bir qaraşda, masʼullar jirkanç jinoyatga tezkorlik bilan reaksiya bildirgandek körinadi, lekin kartina töliqroq bölişi uçun qöşimça tafsilotlar ham kerak. Gap şundaki, 2026-yil 17-fevral kuni, yaʼni Uçqörğondagi jinoyatdan ança avvalroq, 2026-yilgi davlat dasturi qabul qilingan. Dasturdagi bandlarning birida pedofiliya uçun umrbod qamoq jazosini belgilaş vazifasi qöyilgan va ijro uçun 1-aprelgaça muddat belgilangan. Lekin qonun loyihasi 1-aprelda ham, 1-iyunda ham, 1-sentabrda ham parlamentga kiritilmagan. Kim biladi, agar Uçqörğondagi fojia bölmaganida, dasturda belgilangan vazifa hali ham öz ijrosini kutib yotgan bölarmidi?
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
“Özbekiston poçtasi” Wildberries boşqaruviga berilgani oşkor böldi. Milliy poçtaga rossiyaliklar qiziqiş bildirayotgani bir yil oldin maʼlum bölgan, öşanda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga şaffoflikni talab qilib taqdimnoma kiritgan edi. 2026-yil sentabriga kelib, “Özbekiston poçtasi” kuzatuv kengaşidagi 9 ta örindan 5 tasini Wildberries vakillari egalladi, Davaktiv direktori esa jonli efirda işonçli boşqaruv kelişuvi borligini rad etdi. Lekin köp ötmay haqiqat oşkor böldi: korporativ hujjatlardan maʼlum bölişiça, 2025-yil 30-dekabrda WB'ning Özbekistondagi şuʼbasi bilan işonçli boşqaruv töğrisida şartnoma imzolangan.
Peşlavhani reklamaga tenglaştiriş rasman töxtatildi. Toşkent şahridagi tadbirkorlarni qiynab kelgan muammo rasman öz yeçimini topdi: hukumat qarori bilan, dökonlar peştoqiga “oziq-ovqatlar”, “dorixona”, “gözallik saloni” kabi yozuvlar yoki firma belgisini örnatiş uçun reklama pasportini oliş va har yili pul tölaş tartibi bekor qilindi. Taşqi reklama obyektlarini buzişda kuzatilgan “yovvoyi” xatti-harakatlarga çek qöyiş, bunday işlarni zarurat tuğilganda madaniy bir şaklda taşkil etiş böyiça ham talablar belgilandi. Toşkent şahrining dizayn-kodi takroran jamoatçilik muhokamasiga çiqariladi.
Issiqxona xöjaliklari uçun soliq imtiyozlari va subsidiyalar eʼlon qilindi. Pomidor narxidagi keskin ösiş fonida qabul qilingan prezident qaroriga binoan, issiqxona xöjaliklari QQS va foyda soliğidan ozod etildi, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tuşirildi, yer va mulk soliqlari esa 50 foizga kamaytirildi. Oktabrdan martgaça ekologik talablarga javob beradigan issiqxonalarning elektr xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi. Toşkent viloyatida tomorqasida issiqxonaga ega aholiga subsidiya ajratiladi. Surxondaryoga köçirilişi közda tutilgan poytaxt atrofidagi issiqxonalarga “yaşil” maqomga ötgan holda işlaşiga ruxsat berilmoqda.
Fermerga tahdid qilgan hokim hayfsan oldi. Bu “klassik janr”dagi hikoyalarning navbatdagi namunasi Piskent tumaniga töğri keldi. Kun.uz'ga kelib tuşgan audiodan maʼlum bölişiça, tuman hokimi Muzaffar Aripov fermerlarga bosim ötkazgan, ulardan biriga “yeri tugul, jonini suğurib olişi”ni aytgan. Bu holat oşkor bölgaç, viloyat rahbari Zoyir Mirzayev Piskent hokimiga hayfsan intizomiy jazosini qölladi. Fermerlar kengaşi fermerning manfaatida prokuraturaga murojaat qilgan, idora hozirça holatga munosabat bildirmadi. Eslatib ötamiz, tadbirkorlik faoliyati erkinligi qonun bilan kafolatlangan, hokimlar fermerlarning işiga aralaşişga haqli emas.