Gap nimada?
Özbekistonda 2022 yildan Yer qa’ridan foydalanganlik uçun (oltindan tortib gazgaça) soliq stavkalari pasaymoqda. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “Özbekneftgaz” uçun özgarmasdan qoladi.
Yerosti boyliklarini özlaştiruvçilarga Yer qa’ridan foydalanganlik uçun pasaytirilayotgan soliq stavkalari quyidagiça:
- neft va tabiiy gaz böyiça 10 foizgaça (amalda neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz);
- oltin va mis uçun 7 foizgaça (amalda oltin 10 foiz, mis 10 foiz);
- volfram konsentrati uçun 2,7 foizgaça (amalda 10,4 foiz);
- uran uçun 8 foizgaça (amalda 10 foiz) kamaytirilişi kutilyapti.
Xususiy kompaniyalarga yerosti boyliklarini qazib oliş uçun nihoyatda hayratlanarli imtiyozlar berilayotganiga guvoh böliş mumkin.
Bu imtiyozlar yerosti boyliklari oligarxlar qöliga oson ötişiga sabab bölişi ehtimoli haqidagi xabar jamoatçilikda xavotirlar uyğonişiga sabab böldi.
Moliya vaziri Timur Işmetov nima sababdan bu imtiyozlar NKMK, OKMK va “Özbekneftgaz”ga berilmayotganini budjet barqarorligini ta’minlaş maqsadi bilan izohladi.
Şuningdek, vazir xususiy kompaniyalarga katta imtiyozlar berilişini “Soliq stavkalarini pasaytiriş orqali investitsiyalarni jalb qiliş va foydali qazilmalar miqdori kam bölgan konlarni özlaştiriş nazarda tutilgani” bilan izohlagandi.
Ikki tomonlama imtiyoz kimlarga foyda?
Kun.uz’ga hukumatga yaqin manba şaxsini oşkor qilmaslik şarti bilan xususiy kompaniyalarga nafaqat soliq imtiyozlari berilayotgani, balki budjetdan subsidiyalar ajratilayotgani haqida gapirib berdi.
“Foydali qazilmalar miqdori kam bölgan konlarni özlaştirişda rostdan ham afzallik berilişi kerak. Lekin birinçidan, aynan oligarxlarga va xorijiy investorlarga past debetli konlar berilmayapti, debeti eng yuqori konlar ularga taqsimlanmoqda.
Ikkinçidan, aynan past debetli konlarni qidirib topiş va özlaştiriş uçun har yili subsidiya ajratilyapti, 2022 yilda ham 1 trln söm subsidiya taqsimlanadi – aynan öşa göyoki past debetli konlarni özlaştirayotgan xorijiy va oligarx investorlarga.
Boşqaça aytganda, investitsiyalarni jalb qiliş va foydali qazilmalar miqdori kam bölgan konlarni özlaştiriş bahonasida oligarxiya ikki tomonlama manfaatga ega çiqmoqda. Ham soliq imtiyozlariga, ham subsidiyalarga”, deydi manba.
Haqiqatan 2022 yilgi budjetnomada geologiya qidiruv işlari uçun budjetdan 1 trln söm mablağ ajratilişi nazarda tutilgan. Lekin oçiq manbalarda past va yuqori debetli konlar kimlarga berilgani haqida ma’lumot yöq. Bu esa past debetli konlarni özlaştiriş uçun 1 trln söm subsidiya kimlarga berilişi haqidagi savolni ham tuğdiradi.
Subsidiyalar kimlarga va qanday taqsimlanadi?
Kun.uz 2022 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda aks etgan geologiya qidiruv işlari uçun ajratilayotgan subsidiyalar kimlarga va nima maqsadda taqsimlanişi borasida Geologiya qömitasi bölim boşliği Azimjon Xoliqovdan izoh oldi.
U subsidiyalar avvalo içki ehtiyojlarni xomaşyo bilan ta’minlaşga qaratilişini bildirdi.
“Geologiya qidiruv işlari uçun budjetdan 1 trln söm subsidiya ajratilmoqda, şundan 53 milliardi geologiya qidiruv işlari asbob-uskunalarini sotib oliş uçun işlatiladi. Geologiya qidiruv işlari asosan oltin, kumuş, uran, rux, qörğoşin, uglevodorodlar, boşqa noma’dan foydali qazilmalar qazib oliş hisoblanadi. Ötgan yildagi zaxira miqdorlari 2022 yilda köproq böladi, şuning uçun geologiya qidiruv işlariga 5 foiz köproq pul sarflanyapti.
Subsidiyalarning asosiy miqdori içki ehtiyojlarni xomaşyo bilan Navoiy kon metallurgiya zavodi Navoiyuran, OKMK, “Özbekneftgaz” jamiyatini xomaşyo bilan ta’minlaşga qaratiladi. Içki ehtiyojlarni qondiriş uçun. Keyingi navbatda yangi obektlar, özlaştirilmagan, infrastrukturadan uzoq bölgan obektlar özlaştiriş uçun investorlarga beriladi”, dedi u.
Şuningdek, Geologiya qömitasi mas’uli past debetli konlar kimlarga berilişi va buning uçun subsidiyaning qança qismi sarflanişiga ham töxtaldi.
“Geologiya qidiruv işlarini olib borganda katta risk böladi, riskning ma’lum bir miqdori past debetli konlar uçun sarflanadi. Çunki hamma konlar ham yirik kon emas va iqtisodiy jihatdan maqbul hududlarda joylaşmagan.
Köp hollarda geologiya qidiruv işlari özini oqlamaydigan konlar yöq, lekin miqdor jihatdan kamroq xomaşyo olinadi. Mana şu obektlar past debetli konlar böladi va köproq çet el investorlariga berilgan. Bu konlar respublika infrastrukturasidan taşqaridagi obektlar hisoblanadi. Ya’ni bular NKMK, OKMKning ehtiyojidan taşqaridagi obektlar investorlarga taqdim etiladi.
Uzoq yillar davomida özlaştirilmagan konlar texnologiya yöqligi, rentabellik darajasi yetarli emasligi va infrastrukturadan yiroqligi uçun maqbul şart-şaroitlar asosida çet el investorlariga berilmoqda”, dedi u.
Past debetli konlarni özlaştirişga qança pul sarflanadi?
Geologiya qidiruv işlariga ajratilayotgan 1 trillion sömlik subsidiyaning qança qismi past debetli konlarni özlaştirişga sarflanişi haqida aniq ma’lumot bermadi.
“Qança pul ajratilyapti? Bu savolga töliq javob bera olmayman. Katta qismi emas, 10-20 foizi past debetli konlar uçun ajratilişi mumkin”, dedi u.
Bu hali hammasi emas: imtiyozlar şu bilan tugamaydi
19 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev Telegram-kanalida Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi qabul qilingani töğrisida yozdi.
Uning maqolasida Yer qa’ridan foydalanganlik uçun imtiyozlar yanada kengayayotganiga e’tibor qaratilgan.
“Şuningdek, budjetnoma hamda davlatimiz rahbarining PF-6319-sonli farmonida Yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari faqatgina 6ta modda (neft, tabiiy gaz, oltin, mis, volfram va uran) uçun kamaytirilişi belgilangandi. Biroq garçi foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaş nisbatan serdaromad va kam sonli öyinçilar iştirok etadigan bozor bölsa-da, belgilangan 6ta moddadan taşqari yana bir neçta foydali qazilmalar uçun ham soliq stavkalari sezilarli miqdorda pasaytirilmoqda”, deb yozdi deputat.
Doniyor Ğaniyev muhokamalarda boşqa turdagi foydali qazilmalar uçun soliq stavkasini pasaytiriş yuzasidan aniq hisob-kitob yoki asoslantiriş taqdim etilmaganini ta’kidlagan.
Kun.uz manbasining sözlariga köra, boşqa qazilma boyliklari uçun soliq stavkalari alohida guruhlanmoqda va soddalaştirilmoqda. Misol uçun, energiya manbalari (neft, tabiiy gaz va gaz kondensati) uçun soliq stavkalari 10 foiz, qimmatbaho metallar (oltin, kumuş, palladiy, platina, osmiy va boşqa qimmatbaho metallar) 7 foiz, rangli metallar 7 foiz, radioaktiv metallar 8 foiz (volfram 2,7 foiz, nodir toş xomaşyosi 10 foiz, qora metallar 4 foiz (temir esa 5 foiz), kon-kimyo xomaşyolari 3,5 foiz (yod 4,8, mineral pigmentlar 5,5 foiz) etib belgilanmoqda.
Imtiyozlardan kimlar köproq manfaat köradi?
Ma’lumotlarga köra, hozirda Özbekistonda bu sohada faoliyat yuritadigan xorijiy kompaniyalar asosan quyidagilar:
- Lukoyl;
- “Gazprom Zarubejneftgaz”;
- Epsilon Development Company;
- “Sanoat energetika guruhi”.
30 oktyabr kuni “Özbekneftgaz” Jizzakh Petroleum kompaniyasi ta’sisçilari tarkibidan butunlay çiqdi va korxona öz nomini “Sanoat energetika guruhi” MÇJ xorijiy korxonasi deb qayta nomladi.
Ma’lum bölişiça, taşkilotning bu böyiça qarori 2021 yil may oyida qabul qilingan. Lekin bu qaror endi oçiqlangan. Bungaça qöşma korxonaning 49 foizi “Özbekneftgaz”ga tegişli bölgan.
Aytilişiça, Jizzakh Petroleum qöşma korxonasi 2017 yil iyun oyida “Özbekneftgaz” va Gazprom International’ning şu’ba korxonasi — Gas Project Development Central Asia tomonidan taşkil etilgan. Dastlab korxonada Özbekiston tomoni 60 foiz, Rossiya tomoni 40 foiz uluşga ega bölgan. 2019 yilda Rossiya Özbekistonning Jizzakh Petroleum’dagi uluşini kamaytiriş niyati borligi ma’lum qilingan.
“Özbekneftgaz” Jizzakh Petroleum’ning aksionerlar guruhidan çiqişini Kun.uz’ga “şartlar töğri kelmagani” bilan izohladi.
Qiziği, Jizzakh Petroleum “Özbekneftgaz” tarkibidan çiqişi yerosti boyliklarini qazib oliş uçun soliq stavkalarini pasaytiriş töğrisidagi farmon qabul qilinganidan (07.10.2021) 23 kundan keyin sodir böldi.
Şuningdek, 2017 yilda paydo bölgan kompaniya Özbekistondagi neft qazib oliş konlarining qariyb 80 foiziga egalik qilişi haqida ma’lumotlar bor. Ilgari bu konlar kimga tegişli bölgani haqida savol tuğilmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmati bu boradagi savolimizga xususiy kompaniya, uning vazirlik faoliyatiga aloqasi yöqligini bildirdi. “Ular biz bilan şartnoma asosida işlaydi, lekin kompaniya har bir aytgan gapi uçun özi javob beradi”, dedi vazirlik mas’uli.
Afsuski, mamlakatning yerosti boyliklarini, xususan, neft va gazini qaysi kompaniyalar çetga eksport qilişi, kompaniyalar tarkibidagi konlar, zaxiralarining hajmlari töğrisida ham Energetika vazirligi matbuot xizmati quyidagiça javob berdi: “Tabiiy gaz va neft qazib oluvçi kompaniyalar 13ta. Qolgan ma’lumotlar “maxfiy” hisoblanadi. Çunki kompaniyalar faoliyati haqida aytib berolmaymiz va bu bizning vakolatimizga kirmaydi. Buni şu kompaniyalarning özidan söraş kerak”.
Har bir xususiy kompaniya qança konga egalik qilişi, zaxiralari, qança mahsulotni çetga sotişi qanday qilib yopiq ma’lumot bölişi mumkin? Gap kimningdir şaxsiy mulki emas, xalqning haqqi bölgan tabiiy boyliklar haqida ketmoqda. Vazirlik rasmiy veb-saytida yozib qöyilgan “Energetika sohasida davlat tomonidan tartibga soliş hamda xöjalik faoliyati funksiyalarini aniq çegaralaş” funksiyasini kim bajarmoqda?
Imtiyozlarga qaytamiz. Savol tuğiladi: xususiy kompaniyalarga berilayotgan imtiyozlar nima sababdan jiddiy e’tibor qaratilişi kerak bölgan mavzu? Negaki soliq imtiyozlari berilmayotgan “Özbekneftgaz” va u aksiyadori bölgan qöşma korxonalar qazib oladigan neft va gaz çetga eksport qilinmaydi, töliğiça Özbekiston xalqiga yetkazib beriladi.
Bu yuqorida nomlari tilgan olingan xorijiy xususiy kompaniyalar “investitsiya” niqobi ostida misli körilmagan soliq imtiyozlari bilan mamlakat boyliklariga ega çiqişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni tuğdiradi.
Çunki berilgan soliq imtiyozlari natijasida bir birlik konni özlaştiriş NKMK va OKMKga xususiy kompaniyalarga qaraganda qimmatga tuşişi mumkin. Buning oqibatida davlat kompaniyasi öyindan çiqadi va yerosti boyliklarini özlaştiriş bozori yanada kam, bu ham yetmagandek xorijiy kompaniyalarga töliq ötib ketişi mumkin.
Madina Oçilova












