2021 yil 1 oktyabrdan boşlab tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilişda aksiz soliği stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi, yuridik şaxslar tabiiy gazni Özbekiston Respublikasi hududiga import qilişda bojxona bojidan ozod qilinadi.
Moliya vazirligi Davlat soliq qömitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi hamda boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 1 yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvçi “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini kiritadi:
- yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz böyiça 10 foizgaça, oltin va mis uçun 7 foizgaça, volfram uçun 2,7 foizgaça va uran uçun 8 foizgaça kamaytiriş. Bunda uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni, şuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (agar 2021 yil 1 sentabrga qadar kuçga kirgan bitim va şartnomalarda boşqaça tartib nazarda tutilmagan bölsa) doirasida qazib olişni amalga oşiruvçi davlat uluşiga ega korxonalar uçun, Özbekiston prezidenti tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliqning oşirilgan stavkalari belgilanişi mumkin;
- yer qa’ridan foydalanuvçilarning kapital xarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib oliş (ajratib oliş)ni amalga oşiruvçi yer qa’ridan foydalanuvçilar uçun renta daromadi soliğini joriy etiş;
- yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanişga topşirilgan oydan boşlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq tölaşdan ozod qiliş, keyingi uç yilda uşbu soliq uçun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkani qöllaş;
- ilğor xorijiy tajribani hisobga olgan va ekspertlarni jalb qilgan holda, yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliqni hisoblaş tartibini yanada takomillaştiriş. Bunda, 2021 yil 1 yanvardan 31 dekabrgaça bölgan davrda tabiiy gaz, neft va ayrim turdagi boşqa foydali qazilmalarni qazib olişda yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliqni hisoblaşda soliq bazasi ularni taşiş hamda qayta işlaş bilan boğliq xarajatlar summasiga kamaytirilişi belgilanadi;
- noruda foydali qazilmalar uçun yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalarini unifikatsiya qiliş;
- renta daromadi soliğini tölovçi çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalarga soliq hisobini AQŞ dollarida yuritiş huquqini beriş.

















