Qozoğistonning Olmaota viloyatida özbekistonliklar bilan töla avtobus Mercedes-Benz E-Class rusumli avtomaşina bilan töqnaşib, yengil maşina ustiga ağdarilgan. Zakon.kz xabariga köra, hodisa Olmaota-Bişkek avtomobil yölining 105 kilometrida sodir bölgan. Hodisa oqibatida uç kişi halok bölgan va yana uç kişi jarohat olgan holda şifoxonaga yotqizilgan.
Baxsiz hodisaga yöllar muz bilan qoplangani sabab sifatida körsatilgan. Mercedes şarqiy yönalişda Olmaota tomonga, avtobus esa ğarbiy yönaliş böylab harakatlanayotgan bölgan.

Mercedes-Benz haydovçisi rul boşqaruvini yöqotib, qarama-qarşi tomondagi yölga çiqib ketişi oqibatida avtobus bilan töqnaşgan. Oqibatda avtomobil yöl çetiga çiqib ketgan, avtobus esa uning ustiga yiqilgan.
Guvohlarning sözlariga köra, avtobus Özbekiston fuqarolari bilan töla bölgan, Mercedes’da esa olti kişi bölgan.


Vafot etganlarning barçasi Mercedes yölovçilari bölgan. Jarohatlangan tört kişidan ikki nafari haydovçilar. Avtobus haydovçisi jiddiy jabrlanmagan va tibbiy yordam körsatilgaç, uyiga ketgan. Mercedes haydovçisi öziga kelgan, qolgan ikki nafar yölovçi oğir ahvolda qolmoqda.
Avtobus yölovçilariga jiddiy şikast yetmagan va ular boşqa transport vositasi yetib kelgunga qadar, havo juda sovuq bölgani sabab gulxan yoqib taşqarida isinişgan.


Voqea Olmaota viloyati tergovçilari tomonidan örganilmoqda, ekspertiza ötkazilişi belgilangan.
«Yengil avtomobilda olti kişi bölgan: ulardan uç nafari voqea joyida vafot etgan, yana uç nafari turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. YTHda avtobus yölovçilari jabrlanmagan», deyilgan Olmaota viloyati YTH matbuot xizmati xabarida.








