IIV JQBB Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi xabariga köra, ular 4 paçka 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming AQŞ dollari qalbaki, 400 AQŞ dollari haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda özining nomiga rasmiylaştirib olgan.
Şu kuni H.T. jinoiy şerigi “Abror” ismli şaxs bilan birga J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallaş maqsadida R.J.ning xonadoniga ğayriqonuniy ravişda töpponça bilan qurollangan holda bostirib kirgan va uni urib, qörqitib, böğgan holda H.T. tomonidan berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini berişni talab qilib, R.J.ga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan noma’lum şaxs - “Abror”ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Suriştiruv işlari davomida, 2021 yilning 17 noyabr kuni IIV JQBB, DXX va Toşkent şahar IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir natijasida “Abror” ismli şaxs 1995 yilda tuğilgan, Samarqand viloyati Narpay tumanida yaşovçi fuqaro X.A. ekani aniqlanib, u Toşkent tumanida joylaşgan “Ğişt-Köprik” bojxona postida qölga olingan va IIV VŞga joylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlari IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.












