Sirdaryoda 5 kunlik çaqaloğini 5 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga hukm öqilgan. Bu haqda Oliy sud raisi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, joriy yil 13 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan Guliston şahrida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida yaşovçi fuqaro B.S. özining 2021 yil 8 oktabr kuni tuğilgan farzandini xaridor sifatida jalb qilingan şaxsga 5 ming dollar evaziga sotgan vaqtda uşlangan. Undan kimyoviy işlov berilgan pullar daliliy aşyo sifatida olingan. Tartib böyiça, fuqaro B.S. ning çaqaloği Sirdaryo viloyatidagi mehribonlik uyiga topşirilgan.
Qayd etilişiça, B.S. qilmişidan puşaymonligini, moddiy tomondan qiynalib qolganini, farzandini östirişga imkoni yöqligini, şu uçun sotişga majbur bölganini bildirgan.
Sud barça holatlarni örganib çiqib, B.S.ga beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Odam savdosi qurboni bölgan gödak vasiylik organlariga topşirilgan.












