Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 19 martdagi 43-sonli "Navröz bayrami tantanalarini nişonlaş kunlarida avtobus yönalişlari faoliyatini taşkil etiş töğrisida"gi buyruğiga asosan, Navröz bayrami nişonlanişi munosabati bilan 2021 yil 20, 21, 22 mart kunlari jamoat transportini quyidagiça taşkil etiş belgilandi:
- 2021 yil 20 mart - dam oliş kuni. Şanba kunlari uçun tasdiqlangan jadval asosida;
- 2021 yil 21 mart - dam oliş kuni. Yakşanba kunlari uçun tasdiqlangan jadvallar asosida. Iş vaqtining tugaşi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;
- 2021 yil 22 mart - dam oliş kuni. Yakşanba kunlari uçun tasdiqlangan jadvallar böyiça harakatlaniş közda tutilgan;
- 2021 yil 27 mart - iş kuni. Iş kunlari uçun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirişi belgilab qöyildi.












