Yil voqeasi

Bir qaraşda, 2021 yil Özbekiston hayotida yaqqol esda qoladigan katta voqea röy bermagandek. Siyosiy jihatdan olganda, Şavkat Mirziyoyev ikkinçi prezidentlik muddatiga saylangani va Konstitutsiya yangilanişini e’lon qilgani – yilning asosiy voqeasi. Lekin albatta, amaldagi davlat rahbarining saylovdagi ğalabasini taxmin qiliş mumkin edi, “Yil voqeasi” nominatsiyasiga esa qandaydir kutilmagan va hayratlanarli voqea-hodisa köproq mos keladi.

Ana şunday voqea iyul oyida röy berdi. Olmaliqda topilgan oltin va mis konlari dunyodagi eng yirigi ekani ma’lum böldi.

Olmaliqdagi “Yoşlik-1” koni / Foto: Prezident matbuot xizmati

Tasdiqlangan hisob-kitoblarga köra, “Yoşlik – 1” konidagi oltin zaxirasi 5 ming tonnadan oşadi. Taqqoslaş uçun, dunyodagi eng katta oltin koni – Navoiy viloyatidagi Muruntov konida oltin zaxiralari 3 ming tonna ekani hisoblangan.

Olmaliqdagi bemisl xazina faqat oltindan iborat emas. “Yoşlik – 1” konida 45 mln tonna mis zaxirasi ham bor. Bu nega muhim degan savolga eng qisqa javob: dunyoda misga bölgan talab borgan sari oşyapti. Bu rangli metall – elektrotexnika sanoatining birinçi raqamli ehtiyoji, yarimötkazgiçlar işlab çiqarişdagi asosiy xomaşyo. Jahonda elektromobillar ommalaşayotgani sabab mis narxi kötarilyapti.

Hozir jahon bozorida 1 unsiya oltin 1800 dollar, 1 tonna mis 9500 dollar atrofida ekanini inobatga olsak, Olmaliqdagi yangi konda 317 mlrd dollarlik oltin va 427 mlrd dollarlik mis bor. Ikkalasini qöşganda xazinaning jami hajmi kelib çiqadi: 744 mlrd dollar.

Tasavvur qilişingiz uçun bu – hozirgi Özbekistonning 13 yillik yalpi içki mahsulotiga teng. Har bir özbekistonlikka esa 21 ming dollardan töğri keladi. Bu heç qanaqa mubolağasiz, tom ma’noda yilning eng asosiy voqeasi şunday emasmi?

Yil muammosi

Bu nominatsiyaga nomzodlar köp. Gaz, svet, suv, benzin narxi, UzAuto monopoliyasi... Bilasizmi, bular qançalik jiddiy muammo bölmasin, ularni hal qiliş unçalik qiyinmas, bittagina hujjatni imzolaşning özi yetarli bölişi mumkin. Lekin 2021 yilda biz röpara kelgan muammolardan eng kattasini osonlikça hal qilib bölmaydi: bu – ekologiya muammosi.

Aynan 2021 yilda global iqlim özgarişining ta’sirlarini biz özbekistonliklar har birimiz öz tanamizda his qila boşladik.

Toşkentda çang böroni. 5 noyabr / Foto: Kun.uz

Yil boşidagi anomal sovuq esingizdami? Yanvar oyi boşida öta qattiq sovuq hammaning jon-jonidan ötib ketgandi. Öşanda “Özgidromet” röy berayotgan ob-havo örtaça köp yillik qiymatlardan 10–12 daraja (!) pastligini, bunaqa noodatiy sovuq uzluksiz 10 kundan köp davom etayotgani uçun ham bu anomal ob-havo deb hisoblanişini ma’lum qilgandi. Öşa kunlari hatto Toşkent dengizining ham yuzasi muzlab qoldi.

Yozning boşlariga kelib esa buning teskarisi röy berdi. 31 may kuniyoq 80 yillik harorat böyiça mutlaq rekord yangilandi. Iyul oyi boşlariga borib Özbekiston hududi 150 yil içida misli körilmagan darajada isib ketdi.

Rasmiylar aholiga zarurat bölmaganda köçaga çiqmaslikni tavsiya qildi, uylarda konditsionerlar anomal jaziramaga doş berolmay işdan çiqdi, energetika tizimiga yuklama ortib ketişi natijasida Toşkentda ham “svet” öça boşladi, köçalarda svetoforlar işlamay qoldi, anomal issiq sabab hatto samolyotlarda texnik nosozliklar röy berdi.

Jazirama toğlardagi qorlarning şiddat bilan erişiga sabab böldi, natijada biz oldin televizorda körgan sahnalar endi Özbekistonda ham röy berdi: bir neçta hududlarda şiddatli sellar köçalardagi maşinalarni oqizib ketdi, köpriklar buzilib, uylarni suv bosdi, Kosonsoyda 9 kişi suv ostida qolib halok böldi.

Hayratlanarlisi, şu darajadagi qattiq issiq ham hukumatni tonirovka narxini pasaytirişga unday olmadi. Şaharlarga soya berib turgan daraxtlar kesilib ketgani ham ayniqsa öşa kunlari köproq sezildi.

Afsuski, ekologik böhronlar anomal sovuq va noodatiy jazirama bilan tugagani yöq. Noyabr oyida 150 yil içida kuzatilmagan yana bir tabiat hodisasi röy berdi: Toşkent şahrini quyuq çang qopladi. Havoda çang miqdori me’yordagidan 30 barobargaça oşib ketdi. Çangdan hatto uyga kirib ham qoçib bölmadi. Özbekiston öz tarixida birinçi marta havo ifloslanişi reytingida birinçi öringa çiqdi.

Oradan 2 hafta ötib yoğgan qor kirligi bilan hammani hayron qoldirdi. Demak, 4 noyabrdagi börondan keyingi çang Toşkentda 2 hafta saqlanib qolgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu ğayrioddiy çangli böronni hisobga olmaganda ham Toşkent havosi yildan yilga ifloslanib boryapti. Yillar davomida daraxtlar töxtovsiz kesilayotgani, şahardagi törtinçi köl ham quritilgan vaziyatda boşqaça bölişi ham mumkin emasdi.

Yil e’loni

Yilning eng şov-şuvli e’loni muallifi – Mudofaa vazirligi. Vazirlik 30 mln sömga ikkita tilla ruçka sotib olmoqçi bölgan edi.

Ha, oçiqlik – yangi davrdagi eng katta yutuqlardan. Davlat xaridlarining oçiqlanişi bir tarafdan kişini quvontirsa, boşqa tarafdan davlat xarajatlari, ya’ni xalqning pulini qanday sarflaşayotganini körib odamning köngli soviydi. Xaridlar oçiqlanmagan paytlarda bizning hisobimizning yana nimalar sotib olişganini tasavvur qilişga qörqadi odam.

Şubhasiz, kambağal davlatlar qatorida turadigan Özbekistonning davlat xarajatlarini hozir ham maqtab bölmaydi. 2021 yil davomida ham budjet pullari nimalarga sarflanayotgani köp marta muhokamalarga sabab böldi. Millionlab dollarlik loyihalarni oligarxlarga tegişli kompaniyalarga oçiqçasiga tendersiz berib yuboriş holatlari, afsuski, davom etdi. Jamoatçilik bunga tösqinlik qila olmayapti.

Quriliş vaziri Botir Zokirov va “Özbekgidroenergo” AJ raisi Abduğani Sanginov Pskem daryosida yangi GES qurilişini boşlaş marosimida. 25 noyabr / Foto: Gazeta.uz

Bir tomondan, dabdaba va haşamat uçun budjetdan milliardlar sovurilyapti, boşqa tomondan esa davlat qarzi miqdori 25 mlrd dollardan oşdi. Bu, qöpol qilib aytganda, hozir beşikdagi çaqaloqning ham yelkasida kamida 700 dollar qarzi bor degani.

Amaldorlarning noqonuniy boylik orttirişiga qarşi vositalardan biri – mol-mulk va daromadlarni deklaratsiyalaş ham öz ma’nosini yöqotdi, desak böladi. Aslini olganda ayni şu deklaratsiyalaş 2021 yilning eng yaxşi yangiligi bölişi mumkin edi.

Gap şundaki, 2022 yildan 1 yanvardan boşlab davlat xizmatçilarining boyligi va daromadini deklaratsiya qiliş tizimi yölga qöyiladi. Lekin bu tizimda amaldorlar bilan birga, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlari ham tekşiriladi xolos. Ya’ni bu islohot korrupsionerlar uçun katta muammo böla olmaydi: ular öz boyliklarini istasa aka-ukasi, istasa 18 yoşdan katta farzandining nomiga ötkazib qöysa bas.

Ehtimoliy korrupsionerlarning haqiqiy boyligini körsatadigan bitta yaxşi misol bor. Jizzaxda 6 qavatli uy qulab tuşganidan keyin viloyat hokimining sobiq örinbosari Akrom Rahmonqulov tergovga tortilgan edi. Unga tegişli korxonalardan xatlangan boyliklar röyxatiga qarang: 12 mlrd söm pul (1 mln 150 ming dollarga yaqin), 12ta dökon, 14ta kvartira, 43ta avtomobil, 37ta boşqa köçmas mulklar...

Qörqinçlisi şundaki, Rahmonqulov – elitar doiradan taşqarida, mahalliy darajadagi amaldor edi...

Yil qöllab-quvvatlaşi

Prezident Şavkat Mirziyoyev "Zakovat" intellektual öyinlari finalida. 12 oktyabr / Foto: Prezident matbuot xizmati

2021 yil – yoşlarni qöllab-quvvatlaş yili yoşlar uçun ijobiy yangiliklarga boy böldi. Ulardan eng asosiysi – talabalarning ijara muammosiga nihoyat hukumat e’tibor qaratdi. Prezident topşiriği bilan 2025 yilgaça 228 ta talabalar yotoqxonasi quriladigan böldi.

Bundan taşqari, ijarada yaşayotgan talabalarning 60 foiziga ijara xarajatlari uçun Toşkent şahrida oyiga 270 ming söm, boşqa hududlarda 145 ming sömdan tölana boşlandi. Uyini talabalarga ijaraga berganlar buning uçun daromad soliğidan ozod qilindi.

Yoşlarni xursand qilgan yana bir yangilik – IELTS'dan kamida 7 ball olganlarga imtihon xarajatlari qoplab berilyapti. Bu imtiyoz xalqaro tan olingan boşqa imtihonlarda maksimal ballning 75 foizidan köpini töplagan yoşlarga ham taalluqli.

Sanab ötilganlardan taşqari, ehtiyojmand oilalar farzandlariga ham alohida imtiyozlar berildi. Ularning kontrakt puliga yordam berilyapti; öquv markazlariga, haydovçilik kurslariga va “bir oylik armiya”ga borişi uçun kompensatsiyalar tölana boşladi.

Yil rezonansi

Yilning eng xavotirli voqealari, şubhasiz, söz erkinligi atrofida böldi. Bulardan eng şov-şuvlisi – ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi. Ayniqsa Telegram'ning bloklanganini Özbekistonda yilning eng rezonansli voqeasi desak böladi.

3 noyabr oqşomidagi voqealar internetni “portlatdi”. Millionlab odam foydalanayotgan Telegram, YouTube, Instagram va Facebook'ning yopib qöyilişi oliy hokimiyat içidagi ayrimlarda senzura xohişi qançalik kuçli ekanini yaqqol körsatib berdi. Bu topşiriqni kim bergani aniq aytilmagan bölsa-da, buyruq Vazirlar Mahkamasidan kelganining özi köp narsadan darak berardi.

Yaxşiyamki prezident Şavkat Mirziyoyev vaziyatdan xabar topgaç, blokirovka darhol yeçildi. Ayni şu qaror bir tarafdan prezidentning oçiqlik siyosati davom etayotganini tasdiqlagan bölsa, boşqa tarafdan kelgusida Telegram va boşqa eng maşhur platformalar bloklanmasligiga qaysidir ma’noda kafolat böla oldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev va boş vazir Abdulla Aripov Olmaliqdagi "Yoşlik-1" konida. 22 dekabr / Foto: Prezident matbuot xizmati

Albatta, muammo ildizi hali ham borligini unutmaslik kerak. Şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş degan bahona bilan yozda yopib qöyilgan Twitter va boşqa törtta tarmoqqa haligaça VPNsiz kirib bölmayapti. Deputatlar esa bu ahmoqona qonunni bekor qilişga şoşilayotganlari yöq. Balki buning uçun yana öşa Vazirlar Mahkamasidan ruxsat bölişi kerakdir, kim bilsin...

Söz erkinligi yilning eng xavotirli mavzusi böldi deganimiz faqat internet bloklanişi bilan boğliq emas. Yil davomida jurnalistlarda xavotir uyğotgan keskin qonunlar qabul qilindi, bundan taşqari ommaviy axborot vositalari faoliyatiga real tösiqlar ham böldi.

Diniy qömita raisi örinbosari Dilşod Eşnayev bilan boğliq voqealardan keyin Kun.uz va Azon.uz saytlarining jarimaga tortilgani, Daryo.uz sayti muxbirining texnikasini içki işlar xodimi tortib olgani, Qalampir.uz jurnalistiga tuhmat qilingani va unga prokuratura xodimining qarşilik qilgani, Bugun.uz saytining buzilişga tuşgan Qöyliq bozoridan tayyorlagan reportaji öçirtirilgani, “Uçquduq” gazetasi muharririga sud raisi tomonidan tahdid qilingani... Bu voqealarning hammasini birlaştirib turadigan bir umumiylik bor: ularning heç birida aybdorlarga nisbatan çora körilgani yöq.

Jurnalistga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik belgilanişi haqidagi gaplar esa hozirça faqat qoğozda qolib ketyapti. Vaholanki, qisqa vaqt içida hokimiyat vakiliga qarşilik uçun jinoiy javobgarlik kuçaytirildi, hokimiyat vakiliga qarşilik qilişga da’vat qiliş Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.

Quvonarlisi, turli idoralar tomonidan jurnalistlarga bosimlar bölib turganiga qaramay, şaxsan prezidentning özi bu soha vakillarini tez-tez qöllab-quvvatlab turibdi. Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev şu yildan boşlab hududlarga taşriflarida jurnalistlarga intervyular bera boşladi, taşriflarni bir neçta xususiy saytlar ham yoritişiga ruxsat berildi. Davlat rahbari hatto “Şovvozsoz” haqidagi savolga ham javob berdi.

Yil siyosati

Prezidentning Namangan şahridagi "Bunyodkor" mahallasiga kutilmagan taşrifi. Şahar prokurori Bahromjon Yöldoşev taşrifdan keyin mahalladagi kamçiliklar uçun işdan olindi. 19 fevral / Foto: Kun.uz

2021 yildan Özbekistonda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning mahallabay tizimiga ötildi. “Mahallabay işlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi”, dedi yil boşidagi selektorlardan birida Şavkat Mirziyoyev.

Mahallabay siyosat atamasi birinçi marta 2020 yilda qöllangan edi, 2021 yilga kelib bu söz trendga çiqdi, aniqroği hududlarni törtta sektorga bölib rivojlantiriş ğoyasidan endi mahallalar kesimida rivojlantiriş ğoyasiga ötildi. Buning uçun, masalan, yanvar oyida banklarning rahbarlariga “mahallabay” işlaş böyiça seminarlar ötkazildi.

Keyin esa prezident hududlarga taşrifi vaqtida yönalişni özgartirib, kutilmaganda u yoki bu mahallaga borib, odamlar bilan muloqot qila boşladi. Biror mahallada muammo yiğilib qolgan bölsa, sektor rahbari, ayrim holatlarda butun boşli tuman törtligi işdan olindi. Mahallabay siyosatni maşhur qilib yuborgan yana bir sabab konteyner-uylar böldi.

Avvaliga Namangan viloyati hokimi Şuhrat Abdurazzoqov prezident borgan mahallaga konteyner-uy örnatib, köçib ötganini e’lon qildi va buning uçun prezidentdan maqtov eşitdi. Buning ortidan Buxoro viloyati hokimi va Çirçiq şahar içki işki işlar bölimi boşliği ham muammoli mahallaga konteyner-uy örnatib, murojaatçilarni qabul qila boşladi.

Yil oxiriga kelib Mahallabay işlaş agentligi ham tuzilib, barça mahallalarda hokim yordamçilari lavozimi joriy qilindi. Ayrim holatlarda bu lavozimga majburan tayinlangan va 5–7 mln söm oylik belgilangan hokim yordamçilarining faoliyatiga 2022 yil oxirida baho berişimiz mumkin.

Yil mavzusi

Yil davomida doim muhokamalar markazida bölib kelgan mavzu – qurilişlar. Aniqroği, sifatsiz va notöğri qurilişlar. Birgina Jizzaxda 6 qavatli bino heç qanday zilzila bölmasidan turib, turgan joyida qulab tuşganiga aql bovar qilmaydi. Yoki Denov şahrida joylaşgan savdo majmuasidagi dahşatli portlaş. Rasmiylarning aytişiça, 2013 yilda qurilgan bino ostidan örta bosimli gaz quvuri ötgan.

Denov şahrida portlagan savdo majmuasi. 7 dekabr / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bunaqa darajadagi notöğri qurilişlar faqat viloyatlarda emas, poytaxt Toşkentda ham uçrab turibdi. Respublika sud-tibbiy ekspertizasi markazi binosi qurilganiga 3 yil bölmay turib buzilişga tuşdi. Nega degan savolga bir oydan beri Toşkent şahar hokimligidan javob yöq.

Qurilişlardagi bu kabi katta xatolar oldida, masalan, maktabda şift köçib tuşib ikki öquvçining jarohatlangani yoki hali bitmagan piyodalar köprigi qulab tuşgani kabilarni aytib ötirişga hojat yöq. Çunki qurilişlardagi mayda köngilsizliklarning hammasini eslaşga vaqt ham, zarurat ham yöq.

Faqat bir narsani bir oğiz aytib ketmasak bölmas: Özbekistondagi eng xavfsiz transport turi – metroda şu yilning özida 10dan ortiq noxuş vaziyat röy berdi. Piyodalar bir marta yer ostida, boşqa safar yer usti yölagida piyoda yurişlariga töğri keldi; bir safar poyezdlar yengil töqnaşib ketdi. Harakat paytida eşik yopilmay qolgan, bekatlarda çiroq öçib qolgan holatlar ham böldi.

***

Ortda qolayotgan 2021 yil yana boşqa köpgina voqealar bilan ham yodda qoldi. Afğonistonda “Tolibon”ning hokimiyatga kelişi, koronavirusga qarşi emlaş, qoidabuzar haydovçilar va yöllardagi ölimlar, Guljahon Yöldoşeva va Otabek Sattoriy ustidan sudlar, aholi sonining 35 milliondan oşişi, Navoiyda quyoş fotoelektr stansiyasining oçilişi...

Va albatta pullar yangilanişi. Yil davomida ming sömlikdan taşqari boşqa kupyuralarning yangi namunalari muomalaga çiqarildi, ikkita yangi banknota paydo böldi. Bundan taşqari, Yangi Özbekistonning yana bir ramzi – Yangi Özbekiston boği barpo etildi.

Şu tariqa, endilikda mustaqillik bayramlari Mustaqillik maydonida emas, Yangi Özbekiston boğida; 9 may tadbirlari Xotira maydonida emas, Ğalaba boğida; Navröz bayramlari esa Milliy boğda emas, Humo arenasida ötkazila boşlandi.

Dayjyestlar muallifi – Komron Çegaboyev

Boşlovçi – Bekmirza Raşidov

Tasvirçi va montaj ustasi – Nuriddin Nursaidov