AQŞda ötgan sutkada koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 512 ming 533 ta yangi holatlar qayd etildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş markazining (CDC) ma’lumot berişiça, mamlakatda yangi holatlarning 40 foizdan 70 foizgaçasi omikron ştammiga töğri keladi.
Xabarga köra, duşanba kuni ham koronavirus yuqtiriş bilan boğliq yarim milliondan ortiq holat aniqlangan, lekin bu galgisi pandemiya boşlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada oxirgi 24 soat içida 189 ming 213 kişida kasallik aniqlangani töğrisida xabar qilingandi.












