Dunyoning ba’zi mamlakatlarida dominant versiyaga aylanib ulgurgan koronavirus «Omikron» ştammining VA 2.75 subvarianti, ya’ni «kentavr» nafaqat nafas oliş tizimi, balki köriş organlari faoliyatiga ham salbiy ta’sir etişi mumkin. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, hindistonlik olimlar birmunça vaqt ilgari uning genomida 16 ta mutatsiya mavjudligini aniqladi. Bu esa koronavirusning mazkur turi tana himoya mexanizmlariga oson «çap beriş» xususiyatiga ega ekanini anglatadi.

Şuningdek, şifokorlar «kentavr» yangi alomatlar bilan namoyon bölayotgani, unga köra, ba’zi bemorlar yoruğ muhitda közini oçişga qiynalayotgani va köz gavharida oğriqlar his qilayotganini ma’lum qilgan.

— Koronavirus asosan öpka töqimalarining zararlanişi bilan keçgan bölsa-da, uning asorati butun organizmga öz ta’sirini körsatadi, — dedi Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasi boş şifokori Otabek Ikromov. — Avval uşbu infeksiyaga çalinib, tuzalgan bemorlarda köproq qon quyuqlaşişi, yurak-qon tomir tizimida jiddiy muammolar uçragan bölsa, endi ular qatoriga köz kasalliklari ham qöşilmoqda.

Xususan, sönggi paytlarda COVID-19 bilan oğrigan ayrim bemorlarda köriş qobiliyatining yomonlaşişi kuzatilyapti. Jumladan, virusga çalinib, soğayganlarda optik asabning şişi, köz muşaklarining spazmlari va tör pardaning yalliğlanişi kabi asoratlar uçramoqda.

Qolaversa, dunyo olimlari ham «omikron»ning VA 2.75 subvarianti organizmda tizimli yalliğlaniş reaksiyasi va qon iviş tizimining faollaşişiga sabab bölayotgani, bu esa közlar uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişini ta’kidlayapti.

Şifokor sözlariga köra, kasallikning oldini oliş uçun virusga qarşi töliq bosqiçda hamda buster dozada emlaniş lozim.

Avvalroq, JSST boş direktori Tedros Gebreyyesus pasayiş tendensiyasini inobatga olib, joriy yilda COVID-19 pandemiyasi bekor qilinişi mumkinligini ma’lum qilgan edi.