Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) koronaviruslar orasiga EG.5 turini qöşdi va uni «Eris» deb nomladi. U omikronning kiçik turi (XBB.1.9.2) bölib, dunyo böylab faol tarqalmoqda.
JSST ma’lumotlariga köra, virusning birinçi namunalari 2023 yil 17 fevralda aniqlangan. Sönggi paytlarda EG.5 variantini aniqlaş çastotasi 6,2 foizdan 11,6 foizgaça kötarilgan.
Qayd qilinişiça, yangi variantning tarqaliş tezligi oldingi «Kraken» va «Arktur» variantlaridan sezilarli darajada yuqori. «Eris» allaqaçon 51 ta mamlakatda aniqlangan.
JSST ta’kidlaşiça, bu variant yanada tezroq tarqalayotgan va immunitetni samarali çetlab ötayotgan bölsa-da, kasallik oğir keçmaydi. Bu borada özgariş yöq.
Alomatlar oldingi variantlar bilan bir xil: yötal, tumov, isitma, tomoq oğriği va kökrak qafasidagi siqiliş. Immunitet tizimi zaif bölgan odamlarda va xavf guruhlariga mansub bölganlarda kasallik oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin. Bundan taşqari, «Eris» ilgari orttirilgan immunitetni boşqa variantlariga qaraganda yaxşiroq çetlab ötişga qodir.












