DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod şahar hokimligining boş mutaxassisi özganing işonçiga kirib, muqaddam bir neça bor sudlangan qarindoşi bilan birgalikda undan noqonuniy ravişda 128 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida uşlandi.

Aniqlanişiça, hokimlik vakili uşbu pul mablaği evaziga maktabgaça ta’lim muassasasi binosini xususiylaştirib olişda va şahar hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilişida yordam berişni va’da qilgan.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa, Urgut tumanidagi uzum yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaligining 20 sotix yer maydonidan ijara asosida foydalanib kelayotgan fuqaro, uşbu yerning 10 sotixini boşqa bir fuqaro nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilib, evaziga undan 12 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va Boş prokuratura huzuridagi departament hududiy boşqarmalari xodimlari tomonidan uşlandi.

Yana bir holatda, 1961 yil Jizzax viloyatida tuğilgan, muqaddam bir neça bor sudlangan şaxs tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroga Toşkent şahrida joylaşgan va tender bahosi 5 mlrd söm bölgan bino hamda yer uçastkasini olişda yordam berişni va’da qilib, evaziga 25 ming AQŞ dollari talab qilgan.

DXX xodimlari tomonidan departamentning Toşkent viloyati boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, u söralgan pul mablağidan 2 ming AQŞ dollarini avans sifatida olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi DXX xabarida.