2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasiga köra, “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, tekşiriş uçun fuqaroni içki işlar bölimiga olib boriş tartibini bekor qiliş va barça ma’lumotlarni joyida tekşirişni yölga qöyiş möljallangan.
Bundan taşqari, içki işlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyatini “bodikamera” yordamida nazorat qilişni yölga qöyiş ham közda tutilmoqda.
Patrul xizmatini avto va motopatrul şakliga ötkaziş orqali naryadlarning mobilligini va hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib borişini ta’minlaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, yöl infratuzilmasini takomillaştiriş va xavfsiz harakatlaniş şaroitlarini yaratiş orqali yöllarda ölim holatlarini qisqartiriş, şu jumladan harakatni boşqariş tizimini töliq raqamlaştiriş va jamoatçilikning uşbu sohadagi işlarda keng iştirokini ta’minlaş rejalaştirilgan.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi 2022-2026 yillarda amalga oşirilişi möljallangan dastur işlab çiqiladi:
- avtomobil yöllarida harakatni boşqariş tizimini töliq raqamlaştiriş;
- yöllarda xavfsiz harakatlaniş uçun barça iştirokçilar uçun munosib şaroitlarni yaratiş;
- yöl infratuzilmasini takomillaştiriş jarayonida va xavfsizlikni ta’minlaşda keng jamoatçilikning iştiroki uçun zarur şaroitlarni yaratiş.












