Köpçilikni bir savol qiziqtiradi – atom bombalar haqida gap ketarkan, bu borada AQŞ kuçlimi yoki SSSRning huquqiy va harbiy vorisi hisoblangan Rossiyami? Ekspertlar bu savolga quyidagiça javob berişgan: «Tasavvur qiling, siz va duşmaningiz benzin töla idiş içidasiz. Sizda uçta gugurt bor, duşmaningizda esa beşta. Xöş, bitta çaqin bilan hamma yonib ketişi mumkin bölgan uruşda gugurtlar sonining endi nima ahamiyati bor?»
Çindan ham ayni paytda dunyodagi atom qurollari soni şu darajadaki, butun yer yuzini kunpayakun qilib taşlaş uçun yetarli. Ammo qudratli mamlakatlar bunday qurollarini muntazam ravişda takomillaştirişda, miqdorini oşirmagan holda quvvatini kuçaytirib borişda davom etmoqda.
Şuningdek, yadro qurolini çeklaş böyiça qator ikki tomonlama şartnomalar imzolanganiga qaramay yadro klubiga a’zo davlatlar bu şartnomalarni çetlab ötuvçi raketaga qarşi mudofaa tizimi, bu tizimni yorib ötuvçi tizim kabi yangi yönalişlarda iş olib bormoqda.
Bugungi kunda qaysi davlatlarda yadro quroli bor?
- AQŞ. Atom bombasining öziga xos «vatani» (1945 yil). Bu yönalişda ilk tadqiqotlarni olib borgan, dastlabki sinov portlaşlarni ötkazgan va bevosita jangovar tarzda qöllagan (Nagasaki va Xirosima) yagona davlat;
- SSSR/Rossiya. 1949 yilda AQŞ bilan qurollaniş poygasiga kirişgan va davom ettirayotgan, öz hududida qator sinovlar ötkazgan;
- Buyuk Britaniya, 1952 yilda bunday qurolga ega bölgan, öziga tegişli orollarda sinov ötkazgan;
- Fransiya, 1960 yildan atom bombasiga ega, Jazoir hududida öz qurolini sinab körgan;
- Xitoy, 1964 yil, öz hududida qator sinovlar ötkazgan;
- Hindiston, 1974 yil, sinovlari böyiça tasdiqlangan ma’lumotlar yöq;
- Pokiston, 1998 yil tasdiqlangan, sinovlar ham şu yili ötkazilgan;
- KXDR, 2006 yil, sinovlar öz hududida ötkazilgan va ötkazilmoqda;
- Isroil, taxminan 1979 yildan beri atom quroliga ega, lekin bu faktni yo rad etadi, yo izohsiz qoldiradi. Ammo atom qurolini işlab çiqişda yahudiy olimlarning roli kattaligi va boşqa qator faktlar hisobga olinsa, Isroilda yadro quroli bor deyiş mumkin.
Bundan taşqari, Belarus, Ukraina va Qozoğiston kabi davlatlarda ham SSSR atom bombalari saqlangan. Bu davlatlar mazkur qurollardan Rossiya foydasiga voz keçişgan. JARda ham 1979-1989 yillarda atom bombasi bölgan, ammo JAR tinçlik uçun atom bombasidan butunlay voz keçgan ilk davlatga aylangan.
Albatta, bunday qurolning bitta bölişi ham köp. Lekin 1963 yilda bu borada ötkazilgan tahlillar törtta davlatda atom bombasi bölgani holda keyingi 10 yil içida bunday davlatlar soni 15-25 taga (ayrim ma’lumotlarga köra 50 taga) yetişi taxmin qilingan. Ammo insoniyat çindan ham özini qisman jilovlaganining isboti – bugungi kunda faqat 8 davlatda bu dahşatli qurol saqlanib turibdi.

AQŞ va Rossiyada qanday vaziyat?
Bu ikki derjavaning umumiy qurollari oldida qolgan barça davlatlarning atom bombalari ahamiyatini yöqotadi. Qurollaniş poygasi uçiga çiqqan 1960-1990 yillarda AQŞda 30 mingdan ortiq jangovar kallaklar va ularni yetkazib beruvçi turli moslamalar (samolyotlar, ballistik raketalar, suv osti kemalari) bölgan.
SSSR ham öz raqibidan nafaqat qolişmagan, balki yadro qurollarining umumiy soni böyiça ança ilgarilab ham ketgan. Ittifoq ixtiyorida bunday qurollar soni 40 mingdan ortgan va bu davlat ham jangovar kallakni yetkazib berişning barça usullarini özlaştirgandi.
Qurollaniş poygasi mana şu darajaga çiqqanidan keyingina ikki davlat poygani bu tarzda davom ettiriş mantiqsizligini anglab yetadi va muzokaralar stoliga qayta ötiradi. Gorbaçev va Reygan tomonidan imzolangan yangi strategik şartnomaga köra har ikki davlat yadro bombalarini keskin qisqartirişni öz zimmasiga oladi. Taqdir hazili bilan qaçondir atom bombalarini işlab çiqargan ulkan zavodlar endi öşa bombalarni yöq qiliş ustida işlay boşlaydi.
Atom bombasini qisqartiriş ğoyasi faqat tinçlik va ezgu maqsadlar uçun tuğilgan, deyiş ham xato böladi. Qurollaniş poygasi davlatlar iqtisodini borgan sari köproq orqaga torta boşlagandi. Ayniqsa SSSR qarzlarga kömilib borar, harbiy salohiyatni saqlab qoliş kun sayin qimmatga tuşayotgandi.
Bugungi kun
Barça qisqartiriş va şartnomalardan keyin ham bugungi kunda ikki davlat ixtiyoridagi umumiy qurollar insoniyatni batamom yöq qilib taşlaş uçun yetarli. Son jihatdan kamaygan bölsa-da, ayrim qurollar portlaş quvvati jihatidan Nagasakida qöllangan bombaga nisbatan 600 marta kuçliroqdir.
2020 yil yakunlari böyiça bu boradagi raqamlar yanada qiziq – bir yil davomida dunyodagi jangovar atom qurollari soni 105 taga oşib, 3825 taga yetgan. 2000 dan ortiği tezkor hujumga şay holatda va ularning deyarli barçasi Rossiya va AQŞ ixtiyorida.
2021 yil holatiga köra, AQŞda 3800 ta kallaklar va 800 ta yetkazib beruvçi moslamalar mavjudligi e’lon qilingan. Bundan 1800 tasini tezkor tayyorlaş imkoniyati bölsa, 2000 tasi siyosiy «syurprizlar» bölişi mumkinligi uçun saqlab turilibdi va 2030 yilga qadar yöq qilinişi rejalaştirilgan.
Pentagon yadro quroli modernizatsiya qiliş va işonçliligini ta’minlaş böyiça beş yillik rejani amalga oşiriş doirasida AQŞ Kongressidan 167 mlrd dollar ajratişni söragan. AQŞ 2025 yilgaça B61-12 modifikatsiyasidagi yangi yadro aviabombalaridan 480 dona işlab çiqarişini ma’lum qilgan. Bu bombalarni yuqori balandlikda uçayotgan samolyotdan taşlaş mumkin. Bomba taşlangandan keyin nişon tomon bir neça kilometr özi mustaqil ravişda harakatlana oladi.
2020 yilda AQŞ yadro qurollariga 37,4 mlrd dollar, butun dunyodagi mamlakatlar esa 72,6 mlrd dollar sarflagan. Xitoy – 10,1 mlrd dollar, Rossiya – 8 mlrd, Buyuk Britaniya – 6,2 mlrd va Fransiya – 5,7 mlrd mablağni aynan mana şu qurollarni takomillaştirişga işlatgani dunyo hali-beri atom vasvasasidan voz keça olmasligini anglatadi.
Rossiya kam mablağ sarflasa-da, 1420 ta yadro zaryadini uruşda qöllaş imkoniyatini özida saqlab turibdi. Bu davlatning 775 ta yetkazuvçisi şay holatda.
«Butun dunyoda 14 mingga yaqin yadro quroli mavjud. Insoniyat yadroviy halokatga hamon juda yaqin turibdi. Raqamlar körsatadiki, bu borada kim kuçliligi böyiça tortişişda ma’no yöq. Bor e’tibor buni isbotlab bölmasligiga qaratilişi lozim.
Insoniyat atom bombasini bir marta qöllaş orqali dahşatini his qilib bölgan. Bugungi kun nazari bilan qaralganda öyinçoqdek tuyuladigan ikki bomba Yaponiyadek qudratli davlat uçun unutilmas dardga aylangan. Şunga qaramay odamzod bu dahşatli quroldan butunlay voz keçiş uçun özida kuç topa olmayapti», degan BMT boş kotibi Antonio Guterriş Xalqaro yadro qurolini töliq yöq qiliş uçun kuraşiş kunida.
Abror Zohidov tayyorladi












