Yadro qurollarini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga (YaQTş) bu yil 55 yil töldi, biroq bu sohaga sarmoya kiritilişi böyiça bahslar şu kungaça davom etmoqda.

2022 yilda yadroviy qurollaniş poygasiga yönaltirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 82 milliard dollardan oşdi, deb xabar berdi Anadolu.

YaQTş BMT Qurolsizlaniş böyiça qömitasi tomonidan işlab çiqilgan köp tomonlama xalqaro hujjat bölib, yadroviy qurolga ega bölgan davlatlar doirasini kengaytirişga mustahkam tösiq örnatiş, şuningdek, qurolli mojarolar ehtimolini çeklaş maqsadida işlab çiqilgan.

Şartnoma 1968 yil 12 iyunda BMT Boş Assambleyasi tomonidan tasdiqlandi va 1970 yil 5 martda kuçga kirdi. 1995 yilda heç qanday qöşimça şartlarsiz muddatsiz uzaytirildi.

Hozirda yadro quroliga ega davlatlar qatoriga AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Pokiston, Isroil va Şimoliy Koreya kiradi. Şu bilan birga, yadro qurollari soni böyiça Rossiya, AQŞ va Xitoy hukmron kuçlar sanaladi.

Statista tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga köra, dunyoda 12,5 mingdan ortiq yadro kallaklari mavjud. Rossiya jangovar kallaklar soni böyiça yetakçi hisoblanadi - 5889 dona. Undan keyin AQŞ – 5244 jangovar kallak va Xitoy – 410 dona. Fransiya 290 ta yadro kallaklariga, Britaniya 225 ta, Pokiston 170 ta, Hindiston 164 ta, Isroil 90 ta va Şimoliy Koreya 20 ta yadro kallaklariga ega ekani taxmin qilinmoqda.

Stokgolm tinçlik tadqiqot instituti (STTI) hisobotiga köra, butun dunyoda yadro kallaklari soni qisqarişda davom etmoqda, biroq bu asosan AQŞ va Rossiyada foydalanilmagan kallaklarning utilizatsiya qilinişi bilan boğliq.

Şu bilan birga, global miqyosda faol jangovar kallaklar arsenalini qisqartiriş jarayoni uzoqqa çözilmoqda va yangi jangovar kallaklarni işlab çiqariş töxtamayapti.

AQŞ va Rossiya yadro arsenallarini, raketa uçiriş tizimlarini, yadroviy qurol taşuvçilarni, jumladan, samolyot va suv osti kemalarini, yadro quroli işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş böyiça keng kölamli dasturlarni amalga oşirmoqda.