20 oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar örta va qisqa masofalarga uçuvçi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadan çiqişini ma'lum qildi. Bu Rossiya va Yevropada keskin fikrlar uyğotdi. Mazkur şartnomada nimalar közda tutilgan va uning Rossiya-AQŞ munosabatlarida tutgan örni qanday?
Qurollaniş poygasi
1970-yillar örtalarida dastlab AQŞda, söngra SSSRda raketalarni nişonga yönaltirişning lazerli, infraqizil va televizion boşqaruvli tizimlari yaratildi. Bu raketalarning nişonga aniq tegişi imkonini berdi (30 metrgaça aniqlikda). Ekspertlar yadroviy zarbaning yangi turi – raqib tomon javob zarbasi berguniga qadar uni yöq qilib taşlaydigan qurol haqida gapira boşlaşdi.
1973 yil 17 avgustda AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Şlezinger yöq qiluvçi zarba konsepsiyasini AQŞ yadroviy siyosatining asosi deb e'lon qildi. Bunda örta va yaqin masofa vositalariga ustuvorlik berildi.
AQŞ doktrinasini amalga oşiriş maqsadida Ğarbiy Yevropada joylaştirilgan old baza tizimlarini modifikatsiya qilişga kirişildi. Uşbu loyiha doirasida suvosti qayiqlari va örta masofaga möljallangan raketalarni modifikatsiya qiliş böyiça Amerika-Britaniya hamkorligi kuçaydi. 1974 yilda Buyuk Britaniya va Fransiya umumiy mudofaa tizimi, jumladan yadroviy sohani rivojlantirişga qaratilgan Ottava deklaratsiyasini imzoladi.
Bu harakatlar SSSRni taşvişga soldi. 1976 yilda AQŞga nisbatan keskin javob qaytarişga moyil D. Ustinov SSSR mudofaa vaziri etib tayinlandi. 1977 yili SSSR eskirgan RSD-4 va RSD-5 majmualarini modifikatsiya qiliş bahonasida ğarbiy çegaralarda örta masofaga möljallangan RSD-10 «Pioner» raketalarini joylaştirişga kirişdi. Har biri uçtadan jangovar blokka ega bölgan jami 300ga yaqin raketa joylaştirildi. Bu SSSRga NATOning Ğarbiy Yevropadagi infratuzilmasini – boşqaruv markazlari, qömondonlik punktlari va portlarini sanoqli daqiqalarda yöq qilib taşlaş imkonini berardi.
Bunga javoban NATO kengaşi 1979 yil 12 dekabrda 1983 yilgaça Yevropada 572ta Perşing-2 raketasini joylaştiriş haqida qaror qabul qildi. Perşing-2 raketalarining parvoz vaqti kamligi (6-8 daqiqa) AQŞga sovetlarga qarşi birinçi bölib zarba beriş imkoniyatini yaratardi. Şu bilan birga, NATO davlatlari 1983 yilgaça sovet raketalari muammosini hal qiliş uçun muzokaralar boşlaşga kelişib olişdi.
Muzokaralar
Jimmi Karter ma'muriyati Yevropada «yevroraketalar» joylaştiriş borasida ikkilanardi. 1980 yil oktabrda Yevropada yadroviy qurollarni çeklaş borasida muzokaralar boşlandi. Ammo öşa yilning noyabrida AQŞdagi prezident saylovlarida respublikaçi Ronald Reygan ğalaba qozondi. 1981 yilda uning ma'muriyati «nolli variant»ni taklif qildi — AQŞ Yevropada örta va kiçik masofaga möljallangan va qanotli raketalarni joylaştirmaydi, SSSR esa özining RSD-10 «Pioner» raketalarini yöq qiladi. Biroq SSSR bu taklifni rad etdi. Çunki birinçidan, Yevropada Amerika raketalari yöq edi va sovet rahbariyati «Pioner»larni yöq qilişni «yöq narsa»ga almaşiş deb baholadi. Ikkinçidan, bu taklifda SSSRGa xavf soladigan Buyuk Britaniya va Fransiyadagi raketalar hisobga olinmagandi. Reyganning taklifiga javoban L. Brejnev «mutlaq nol» dasturini taklif qildi. Unga köra, RSD-10 yöq qilinişiga AQŞ «Perşing-2»ni joylaştirmaslik hamda Yevropadan taktik yadroviy qurolini olib çiqib ketiş, old baza tizimini yöqotiş va Britaniya va Fransiyadagi raketalarni yöq qiliş bilan javob qaytarişi lozim edi. AQŞ bu taklifni qabul qilmadi.
Mavzuga oid
1982 yilda sovet tomoni yangi taklif bilan çiqdi. SSSR umumiy kelişuvga erişilguniga qadar RSD-10 «Pioner» raketalarini joylaştirişga nisbatan moratoriy e'lon qildi. Bundan taşqari, RSD-10 «Pioner»lar sonini Fransiya va Britaniyadagi raketalar soniga qadar kamaytirişni taklif qildi. Ammo Fransiya va Buyuk Britaniya öz yadroviy qurollarini «mustaqil» deb e'lon qildi va Amerika raketalarining Ğarbiy Yevropada joylaştirilişi muammosi SSSR-AQŞ munosabatlariga taalluqli ekanini bildirdi.
Brejnev vafotidan söng 1982 yil noyabrda SSSRda hokimiyat tepasiga Yu. Andropov keldi. 1983 yil sentabrda amerikaliklar Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya va Niderlandiya hududida öz raketalarini joylaştirişga kirişdi. Noyabrda bundestag GFR hududida «Perşing-2» raketalarini joylaştiriş uçun ovoz berdi. Bu SSSRning keskin noroziligiga sabab böldi. 24 noyabr kuni Andropov Yevropada yadroviy uruş xavfi ortganini, SSSR yevroraketalar böyiça Jyeneva muzokaralaridan çiqişini hamda GDR va Çexoslovakiya hududida OTR-23 «Oka» raketalari joylaştirilişini e'lon qildi. Ularning ta'sir doirasi 450 kilometrgaça bölib, butun GFR hududini nişonga olişga qodir edi. Şu bilan bir vaqtda SSSR atom suvosti kemalarini AQŞ sohillari yaqiniga olib keldi. 1984 yil yozida AQŞ Yevropada neytronli jangovar kallaklarga ega «Lance» operativ-taktik raketalarini joylaştirişini ma'lum qildi.
1985 yil martda M.Gorbaçyov hukumat tepasiga kelganidan söng muzokaralar yangilandi. 1985 yil yozida Gorbaçyov Çexoslovakiya va GDRda OTR-23 «Oka» raketalarini joylaştirişga moratoriy qöydi. 1986 yil yanvarda Gorbaçyov yadro qurolini butun dunyoda bosqiçma-bosqiç yöqotiş dasturini e'lon qildi.
Öşa yilning kuzida SSSR RSD-10 raketalarini Ural ortiga olib ketiş, AQŞni esa «Perşing-2» va qanotli raketalarni Şimoliy Amerikaga olib ketişni taklif qildi. Prezident Reygan bunga rozi böldi, biroq Yaponiya bu taklifga qarşilik körsatdi. Natijada uşbu taklif amalga oşmadi.
Muzokaralar natijasi
1987 yil. KPSS TsK boş kotibi Mixail Gorbaçyov va AQŞ prezidenti Ronald Reygan Oq uyda
Foto: Ronald Reagan Presidential Library
1987 yil sentabrda Vaşingtonda SSSR taşqi işlar vaziri E. Şevardnadze ötkazgan muzokaralarda nihoyat murosaga kelindi.
Öşa yilning 8 dekabr kuni Vaşington şartnomasi imzolandi va 1988 yil 1 iyundan kuçga kirdi.
Şartnomaga köra, tomonlar örta (1000-5,5 ming km) va kiçik (500-1000 km) masofalarga möljallangan barça ballistik va qanotli raketalar majmualarini yöq qilişga hamda kelgusida bunday raketalarni işlab çiqarmaslik, sinovdan ötkazmaslik va joylaştirmaslikka kelişişdi.
Hujjatga muvofiq, tomonlar uç yil içida 500dan 5,5 ming kilometrgaça masofaga möljallangan barça uçiriş qurilmalari va raketalarini yöq qilişi lozim edi. Hujjatda raketalarning yöq qiliniş jarayoni ikki tomon inspektorlari tomonidan kuzatib turilişi közda tutilgandi.
Şartnomaning bajarilişi
Şartnoma kuçga kirganidan söng oradan 18 oy ötgaç, har ikki tomon kiçik masofaga möljallangan barça raketalarini va ularni uçiriş qurilmalarini yöq qildi. Uç yil davomida esa örta masofaga möljallangan raketalar ham yöq qilindi. 1991 yil iyuniga kelib şartnoma bajarildi: SSSR 1846ta raketa majmuasini (ularning yarmiga yaqini işlab çiqarilgan, lekin jangovar navbatçilikda bölmagan raketalar), AQŞ esa 846ta majmuani yöq qildi.
Özaro ayblovlar
2007 yil 15 fevralda Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği general Yuriy Baluyevskiy Şarqiy Yevropada AQŞning raketaga qarşi mudofaa tizimlari joylaştirilişiga javoban barça şartnomaviy-huquqiy tizim qayta körib çiqilişini bildirdi. U xususan Rossiya bir tomonlama tartibda Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadan çiqişi mumkinligini aytdi.
AQŞning raketaga qarşi mudofaa tizimlarini çeklaş töğrisidagi şartnomadan çiqişi haqidagi xabarga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham (2000 yil iyunda) Rossiyaning uşbu şartnomadan çiqiş ehtimoli haqida şunga öxşaş bayonot bergandi.
2013 yil iyunda Putin SSSRning örta masofaga möljallangan raketalardan voz keçiş haqidagi qarorini «kamida bahstalab» deb atadi va Rossiyaning şartnomadan çiqişi ehtimoli haqida gapirdi.
2014 yil iyulida AQŞ prezidenti Barak Obama Vladimir Putinga maktubida Rossiyani örta masofaga möljallangan raketalarni sinovdan ötkazişda aybladi. AQŞ tomonining ta'kidlaşiça, Rossiya 2008—2011 yillarda şartnomani buzgan holda 500 kilometrdan uzoqqa uçuvçi qanotli raketa sinovini ötkazgan. 2017 yilda Amerika naşrlarida taqiqlangan raketa allaqaçon joylaştirilgani haqida yozildi. Rossiya rasmiylarining ta'kidlaşlariça, bu raketaning ta'sir masofasi 500 kilometrdan kamroq.
Rossiya tomonining fikriça, AQŞ Yevropada raketalarga qarşi mudofaa qurilmalarini örnatiş bilan şartnomani buzmoqda. Bu qurilmalardan örta va kiçik masofaga möljallangan raketalarga öxşaş qanotli raketalarni örnatişda foydalaniş mumkin.
2017 yil 2 avgustda AQŞ kongressida AQŞning şartnomadan çiqiş imkoniyati muhokama qilindi. Öşa yilning 19 oktabrida «Valday» forumida Vladimir Putin AQŞ şartnomadan çiqişga urinadigan bölsa, «Rossiya zudlik bilan va xuddi şunday tarzda javob qaytarişini» aytgandi.
Trampning «javob yurişi»
Foto: GETTY IMAGES
Şu yilning 20 oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar Örta va kiçik masofalarga uçuvçi raketalar böyiça şartnomadan çiqişini ma'lum qildi.
Amerikaliklar rahbari «Rossiya bu kelişuvni köp vaqtdan buyon buzib kelayotgani»ga javoban şunday qadam taşlaganini bildirdi.
«Biz mazkur kelişuvni bekor qilmoqçimiz, keyin Rossiya va Xitoy yangi kelişuvga rozi bölmagunga qadar qurollanişni rivojlantirişda davom etamiz», dedi u (aslida Xitoyning bu şartnomaga aloqasi yöq).
Rossiya Taşqi işlar vazirligi bu bayonotga tahdidona javob qaytardi.
TIV rahbari örinbosari Sergey Ryabkov amerikaliklar xalqaro kelişuvlardan öta qöpollik bilan çiqayotganini qayd etdi.
«Amerikaliklarda Rossiyani bu kelişuvni buzgani haqida ayblaş uçun asos yöq», dedi diplomat.
«Bu holda biz javob çoralari qöllaşga majbur bölamiz. Xususan, harbiy-texnik xarakterdagi çoralar. Ammo iş bungaça yetib borişini istamaymiz», — deya qöşimça qildi u.
Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Ulrike Demmer esa GFR huqumati AQŞning uşbu şartnomadan çiqişidan taassufda ekanligini va bu qaror oqibatlari NATO böyiça hamkorlar doirasida muhokama qilinişini bildirdi.
22 oktabr kuni AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton Moskvaga kelgani xabar qilindi.
Bolton taşrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev bilan uçraşadi. Duşanba kuni u Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uçraşişi rejalaştirilgan.
Uçraşuvlarda AQŞning Örta va kiçik masofalarga uçuvçi raketalar böyiça şartnomadan çiqişi mavzusi muhokama qilinadi.
Dunyodagi bugungi vaziyat
Bugungi kunda butun dunyoda harbiy xarajatlar ösib bormoqda. 2017 yil yakunlariga köra, jahon böyiça jami harbiy xarajatlar 1,739 trillion dollarni taşkil etgan — bu sovuq uruş tugaganidan buyon mutlaq rekord hisoblanadi.
AQŞ uşbu poyganing mutlaq rekordçisi hisoblanadi. 2002 yildan 2017 yilgaça Qöşma Ştatlar 2,8 trillion dollar sarflagan. 2017 yilda yillik harbiy xarajat borasida heç bir davlat AQŞ sarflagan mablağning yarmiga ham yeta olmagan – 610 milliard dollar. Bu butun dunyodagi harbiy xarajatlarning 35 foizini taşkil etadi.
Şu yilning iyulida AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa böylab turnesi davomida NATO a'zolarini harbiy xarajatlarni ikki baravarga – YaIMning ikki foizidan tört foizga oşirişga çaqirdi. Amerika prezidenti AQŞ NATO içida öz harbiy xarajatlarini muntazam oşirib borayotganidan, ittifoqçilar esa bunday qilişmayotganidan norozi böldi. 2017 yilda 29 mamlakat a'zo NATOning jami harbiy xarajati 946 milliard dollarni taşkil etdi.
Yevropada harbiy xarajatlar böyiça 2017 yilda Fransiya yetakçilik qildi: 57,8 milliard dollar (YaIMning 2,3 foizi). Ikkinçi örinda YaIMning 1,8 foizini taşkil etuvçi 47,2 milliard dollar xarajat bilan Buyuk Britaniya joylaşgan. Yuqori uçlikdan 44,3 milliard dollar yoki YaIMning 1,2 foizini sarflagan Germaniya ham örin olgan.
Keyingi ön yillikda Afrika va Janubiy Amerikada harbiy sohadagi xarajatlar oşdi. 2008 yildan buyon uşbu sohaga investitsiyalar Lotin Amerikasida 17 foizga va Afrikada 28 foizga ösgan.
Harbiy xarajatlar borasida Braziliya yetakçi – 29,3 milliard dollar. Ön yildan buyon bu davlat mudofaaga YaIMning 1,4 foizini sarflab kelmoqda.
Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari harbiy sohaga eng köp mablağ sarfladi. Masalan, Xitoy ötgan yili 228 mlrd dollar, Saudiya Arabistoni 69,4 mlrd dollar, Hindiston 63,9, Yaponiya 45,4 va Janubiy Koreya 39,2 mlrd dollar xarajat qilgan.
Osiyo davlatlari orasida Saudiya Arabistoni YaIMning 10 foizini harbiy xarajatlarga ajratişi bilan yetakçi.
Rossiya harbiy xarajatlar böyiça dunyoda törtinçi örinda: bu davlat ötgan yili 66,3 milliard dollarni yoki YaIMning 4,3 foizini harbiy sohaga sarflagan.
Bugungi kunda jahonda 8 davlat öz yadro quroliga ega. Bular AQŞ, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va KXDR. Şuningdek, Isroilda ham yadro quroli mavjudligi taxmin qilinadi.
AQŞning Koreya yarimorolini yadro qurolidan xoli hududga aylantiriş maqsadida KXDR bilan muzokaralar olib borişi manzarasida Rossiya bilan munosabatlari keskin tus olmoqda. AQŞ şuningdek, Eron va Xitoy bilan ham bahsli holatda.
Donald Tramp şu yilning mayida AQŞ Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqişini va unga qarşi yangi sanksiyalarni joriy qilişini bildirgan bölsa, Xitoy bilan savdo uruşi allaqaçon boşlab yuborilgan.
Umid qilamizki, dunyoning harbiy-siyosiy jihatdan eng qudratli davlatlari murosa yölini topişadi va sayyoramizdagi tinçlikka raxna soladigan nizolar sodir bölmaydi.