Ming afsuski, insoniyat yigirma birinçi asrga kelib ham qurollaniş poygasidan voz keça olmadi. Garçi dunyoga ötgan asrning oltmişinçi yillaridagi kabi atom uruşi bevosita tahdid solmayotgan bölsada, turli davlatlarning mudofaa nomi ostidagi harbiy xarajatlari hanuz hayratga soladi.
Qurollaniş poygasining eng faol iştirokçilari va özaro raqiblari şubhasiz SSSR hamda AQŞ edi. Bu ikki davlat öz davrida boşqalarning aqli bovar qilmas mablağni militarizatsiya uçun sarflar va har ikkisining harbiy byudjyeti köp jihatdan bir-biriga muvofiq kelardi. Masalan, 1976-1979 yillarda SSSRning harbiy byudjyeti 63 mlrd dollar bölgani holda AQŞniki 105 mlrd dollarga teng bölgan, 1980-1985 yillar oraliğida bu körsatkiç 87 mlrd.ga 187 mlrdni, 1985-1989 yillarda 108 mlrd.ga 285 mlrd, 1990 yilga kelib esa 127 mlrd.ga 310 mlrd dollarni taşkil qildi. Ya'ni, AQŞning harbiy xarajatlari SSSRnikiga nisbatan kattaroq tezlikda oşa boşladi.
SSSR tarqalib ketganidan keyin köpçilik bu mavzu uzil-kesil yopildi, endi AQŞning gegemonligiga heç kim soya solmaydi, deb öylagandi. Bir jihatdan şunday böldi ham – Rossiya iqtisodiy muammolarga öralaşib qoldi, SSSRdan qolgan boyliklar katta sur'atlarda xususiylaştirildi, harbiy xarajatlar qisqarib ketdi. AQŞda esa buning mutlaq aksi kuzatildi. Pentagon xarajatlarining ösişi iqtisodning ösişidan ham ortib ketdi. AQŞ dunyoning deyarli barça burçaklarida öz harbiy bazalarini oçdi, birvarakayiga ikki-uç davlat hududida uruşlar olib bora boşladi.
Bu holat harbiy byudjyetlarda ham aks etmay qolmadi va özaro farq Rossiya uçun ayançli darajaga tuşdi. 2000 yildagi körsatkiçlarga e'tibor berilsa, Rossiya 7 mlrd dollar sarflagan bir paytda AQŞ 295 mlrd dollarni ayamagani özaro farq 40 barobardan ortib ketganini körsatadi.
Ammo Rossiya boşqaruvi Vladimir Putin qöliga ötganidan va neft narxi oşişi ortidan iqtisodiyotda tiklaniş kuzatilganidan söng vaziyat boşqa tomonga özgara boşladi. 2005 yilga kelib bu raqamlar 17,5 mlrdga 390 mlrd körinişiga kelgan bölsa, 2010 yildayoq 65 mlrd.ga 693 mlrd darajasiga yetdi. Albatta, farq hamon ulkan edi, ammo raqamlar özgarişini kuzatadigan bölsak, 10 yil oraliğida AQŞ xarajatlari 2 barobardan sal köproq oşgani holda Rossiyaning harbiy byudjyeti deyarli 10 barobar köpaygandi.
Ma'lumot uçun: 2011 yilda AQŞ harbiy byudjyeti mutlaq rekord körsatkiçga qayd etgan va 711,1 mlrd dollarga yetgan.
Bu holat Ğarb e'tiboridan çetda qolmadi albatta. Yuqori doiralarda Rossiya harbiy salohiyati keskin oşirilayotgani va raqiblariga real xavf solayotgani böyiça oçiq e'tiroz bildirildi.




















