Afğon-turkman çegarasida "Tolibon" jangarilari va turkmanistonlik çegaraçilar örtasida qurolli töqnaşuv sodir böldi, deb xabar berdi Hasht-e subh gazetasi.

"Uç kun avval Turkmaniston çegara xizmati xodimlari bir nafar tinç aholi vakilini öldirgan va bir nafarini kaltaklagan. Voqeani örganiş vaqtida "Tolibon" jangarilari turkman çegaraçilarining öt oçişiga javoban öq uzgan", - deya Juzjon viloyati axborot va madaniyat boşqarmasi boşliği Hilol Balxiyning sözlaridan iqtibos keltirgan gazeta.

Aniqlik kiritilişiça, turkman çegaraçilari va toliblar örtasidagi otişma duşanba kuni Juzjon viloyatining Hamab tumanida sodir bölgan. Voqeaning boşqa tafsilotlari keltirilmagan.

Ötgan yil dekabrida "Tolibon" jangarilari bilan şunga öxşaş töqnaşuvlar Afğoniston-Eron va Afğoniston-Pokiston çegaralarida yuz bergandi.