Kimyo-texnologiya sohasidagi yirik olim, Fanlar akademiyasi akademigi Saydiahrol Töxtayev 3 yanvar kuni 79 yoşida vafot etdi. Bu haqda ÖzA xabar qildi.
Sayriahrol Töxtayev 1942 yil 1 sentyabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 1963 yili Toşkent politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, mehnat faoliyatini Respublika azot sanoati davlat institutining Çirçiq filialida (hozirgi «Özkimyosanoatloyiha» aksiyadorlik jamiyati) muhandis-texnolog sifatida boşlagan.
Keyinçalik Fanlar akademiyasi Kimyo instituti aspiranturasida tahsil olgan. Dastlab nomzodlik, söngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000 yilda akademik etib saylangan.
Marhum qariyb 60 yillik ilmiy pedagogik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Kimyo institutida katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari, Öğitlar institutida laboratoriya mudiri, bölim boşliği, Umumiy va noorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri, loyiha rahbari va boş ilmiy xodim lavozimlarida samarali mehnat qilib, yurtimizda noorganik kimyo sohasining rivojiga, şu yönalişda yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga munosib hissa qöşgan.
Akademik Saydiahrol Töxtayevning mamlakat ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan ixtiroçi va ratsionalizator» faxriy unvoni va «Şuhrat» medali bilan mukofotlangan.
Mazkur ölim munosabati bilan hukumat rahbariyati, xususan, Şavkat Mirziyoyev, Tanzila Norboyeva, Abdulla Aripov ta’ziya bildirgan.





