Ğijduvon tumanida mudhiş jinoyat sodir etildi. Ota mast holatda öz farzandini piçoqlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2021 yilning 30 dekabr kuni tumanning Denov mahallasida yaşovçi, 41 yoşli S.Z. öz uyida mast holatda 2004 yilda tuğilgan öğli U.N. bilan özaro janjallaşib qolgan. Ota jahlini jilovlay olmay, oşxona piçoği bilan öğliga oğir tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida U.N. tuman kasalxonasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Ğijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan S.Z.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, u gumon qilinuvçi sifatida qamoqqa olingan.
Voqea sodir bölgan Denov mahallasida Buxoro viloyati IIB rahbariyati va tegişli mas’ullar iştirokida jinoyat muhokamasi ötkazilgan. Muhokamada jinoyatning kelib çiqiş sabablari tahlil qilingan hamda kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini oliş uçun mas’ullarga aniq körsatmalar berilgan.
2021 yilning 27 noyabr kuni ham Ğijduvon tumanida qotillik jinoyati sodir etilgan, unda 46 yoşli fuqaro öz turmuş örtoğini piçoqlab öldirgandi.











