«Bank Turan Alem» (BTA Bank) sobiq rahbari, hozirda Parijda istiqomat qiluvçi Muxtor Ablyazov özini mamlakatdagi muxolifat va norozilik namoyişlari yetakçisi, deb e’lon qilgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ablyazovga köra, Olmaotadagi namoyişçilar undan har kuni qanday harakat qiliş kerakligi böyiça körsatma olyapti.

«Har kuni namoyişçilar menga qönğiroq qilib: “Nima qilişimiz kerak? Biz şu yerda turibmiz, endi nima qilaylik, deb söraşmoqda», degan u.

Ablyazovning fikriça, agar Ğarb jarayonga aralaşmasa, Qozoğiston Belorussiyaga aylanadi va Putinning SSSRni tiklaş dasturi amalga oşadi.

Avvalroq, sobiq bankir özining boş qarorgohi Kiyevda, özi esa Parijda yaşaşini, biroq u Qozoğistonga qaytib, “muvaqqat hukumat”ni boşqariş niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

U namoyişlarni muvofiqlaştiriş uçun Ğarbdan mablağ olmaganini ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga köra, Ablyazov 2010 yildan beri Fransiyada yaşaydi. Muxolifatçiga aylanişiga Qozoğiston energetika va savdo vaziri lavozimidan mahrum qilingani sabab bölgan.

Bundan taşqari, u uyuşgan jinoiy guruh tuziş va davlat mablağlarini özlaştirişda ayblanib, sudga tortilgan va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq bir yildan söng Ğarbning “demokratik hamjamiyati” bosimi ostida ozodlikka çiqarilgan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga köra, Ablyazov xorijga ketişdan oldin Nazarboyevdan öç olişga va’da bergan. Şu maqsadda 2017 yilda Qozoğistonning hukmron elitasiga qarşi kuraşiş uçun “Qozoğiston demokratik ittifoqi” harakatini tuzadi. Bunga javoban Qozoğiston hukumati uni biznes şerigini öldirişga buyruq berganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qiladi.