Soliq tölovçilarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • 2022 yil 1 fevralga qadar 2022 yil uçun yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi töğrisidagi ma’lumotnomani köçmas mulk obektlariga bir kvadrat metr minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etiş;
  • 2022 yil 1 aprelga qadar kadastr organlarida köçmas mulk obektlari maydonlarini taqqoslaşni amalga oşiriş, 2022 yil uçun yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi töğrisidagi aniqlaştirilgan ma’lumotnomani penya hisoblaş körinişidagi javobgarlik çorasi qöllanilmagan holda taqdim etiş;
  • 2022 yil 1 oktyabrga qadar köçmas mulk qiymatini baholovçi taşkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholaşni ötkaziş va 2022 yil uçun yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi töğrisida aniqlaştirilgan ma’lumotnoma va baholaş hisobotini soliq organlariga taqdim etiş. Bunda köçmas mulk obektlarini mustaqil baholaş ötkaziş rejalaştirilganligi töğrisida 2022 yil 1 aprelga qadar soliq organlarini xabardor qiliş şart;
  • qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar uçun yer soliği böyiça soliq hisobotlarini 2022 yil 1 fevralga qadar taqdim etiş.

2022 yilda soliq yukining keskin oşişiga yöl qöymaslik maqsadida quyidagilar belgilandi: jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliği (tadbirkorlik faoliyatida foydalanadigan yer uçastkalaridan taşqari) summasi 2021 yil uçun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oşmasligi lozim; 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk soliği summasi 2021 yil uçun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oşmasligi lozim.

Quyidagilar belgilandi:

  • 2022 yil 1 iyundan boşlab tajriba tariqasida, bosqiçma-bosqiç yil yakuniga qadar Suv xöjaligi vazirligi va Avtomobil yöllari qömitasi tarkibidagi barça unitar korxonalarga faqat Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tomonidan xizmat körsatiladi;
  • Moliya vazirligi Ğaznaçiligiga ötkazilgan unitar korxonalarning böş mablağlari tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Ğaznaçiligiga buyurtmanoma taqdim etiş orqali joylaştiriladi;
  • 2022 yilgaça davlat unitar korxonalari böş mablağlarining tijorat banklari depozitlariga joylaştirilgan milliy valutadagi mablağlari depozitlar muddati tugagandan söng, ularning muddati uzaytirilmasdan tegişli ğazna hisobvarağiga ötkaziladi.