Elboşi matbuot kotibining sözlariga köra, Nazarboyev «tartibsizliklar va terror mamlakat rahbariyatidan operativlik, qat’iyat va murosasizlik bilan javob qaytarilişini talab etişini yaxşi anglagan».
Nazarboyev va Töqayev doim «barrikadaning bir tomonida turib, xalq, mamlakat va millat kelajagini muhofaza qilişi» qayd etilgan.
U, şuningdek, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Nazarboyev töğrisida «yolğon miş-mişlar va provokatsion xabarlar» tarqalayotganidan qayta ogohlantirdi.
Qozoğistonda norozilik namoyişlari boşlanganidan buyon Nursulton Nazarboyevning özi biror marta omma oldiga çiqmadi va heç qanday bayonot bermadi. Uning matbuot kotibi avvalroq Nazarboyev Qozoğistonda ekanini va prezident Qosim-Jömart Töqayev bilan aloqada bölib turganini aytgan, elboşi barçani prezident atrofida birlaşişga çaqirişini qöşimça qilgandi.
Nursulton Nazarboyev 2019 yilda Qozoğiston prezidenti lavozimini tark etgaç, Xavfsizlik kengaşining rahbari bölgandi. U umrining oxirigaça mazkur lavozim vakolatlariga ega edi. Qozoğistonda gaz narxi oşişi sababli boşlangan norozilik namoyişlari fonida 5 yanvar kuni Qozoğistonning amaldagi prezidenti Töqayev Nazarboyevning örniga Xavfsizlik kengaşi raisi vakolatlarini öziga olganini ma’lum qildi.













