10 yanvar kuni AOKA majlislar zalida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan koronavirus bilan boğliq epidemiologik holat yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.

Tadbir yakunida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi direktori Habibulla Oqilov Kun.uz muxbirining yangi ştamm – omikron va u bilan boğliq qator savollariga javob qaytardi.

— 7 yanvar kuni Özbekistonda omikron bilan kasallangan dastlabki bemor aniqlandi. Aytingçi, bu ştammning boşqalaridan farqli jihatlari nimada?

— Belgilari böyiça deltadan deyarli farq qilmaydi. Bu turda tomoqdagi xirillaş, beldagi oğriq, umumiy holsizlik va har ikki bemordan bittasida tana haroratining kötarilişi kuzatilmoqda. Tekşiruvlarda ham ularning aniqlanişi böyiça deyarli farq körinmaydi.

Bizda hozirça bir bemor aniqlandi va uni kuzatyapmiz. Xorijdagi hamkasblarimizning aytişiça esa, uning keçişi avvalgi ştammlardan köra yengilroq, asorati kam, ammo tarqalişi juda tez.

— Bu ştamm qanday bemorlarda oğir, qaysilarida esa yengil ötadi?

— Omikronning deltadan farqi şundaki, u kasallikni avvalroq boşdan ötkazgan va emlangan bemorlarda ham aniqlanmoqda. U yoş bemorlarda nisbatan yengilroq, yoşi katta va yondoş kasalliklari bor, masalan, gipertoniya, qand, onkologik kasalligi bor va oğir vaznli bemorlarda esa oğirroq keçmoqda.

— Men köplab şifokorlar bilan gaplaşyapman, ular hali bu ştamm bilan kuraş usullari haqida ma’lumotga ega emas. Sizlar bu ştammning Özbekistonga qaçondir kirib kelişini bilardingiz, lekin nega şifokorlar bunga yaxşi tayyorgarlikdan ötkazilmadi?

— Ma’lumotlar berilyapti. Biz xorijdagi hamkasblarimiz bilan yangi ma’lumotlar böyiça aloqada bölib turibmiz. Özimizda hozirça tajriba yöq. Bu juda tez tarqalayotgan tur — 21 noyabrda Janubiy Afrikada ilk bemor u bilan kasallangan bölsa, 10 yanvarga kelib u butun dunyoni egalladi.

U juda tez tarqalmoqda. Biz hozirça oçiq davlatmiz va bizga juda köp xorijlik mehmonlar, Özbekiston fuqarolari kirib kelmoqda. Ular bilan kirgan bölişi kerak.

— Savolni boşqaça şaklda qöyaman, xöp vazirlik va uning tizimidagi taşkilotlar yangi tölqinga qanday tayyorlandi?

— Albatta yangi tölqin. Biz bu tölqinning boşida turibmiz. Bizdagi xotirjamlik şundaki, bizda emlanganlar soni köproq. Şundan kelib çiqqan holda holat ötgan yillardagi kabi oğir bölmasligini başorat qilyapmiz.

Ikkinçidan, bu ştammga tayyorgarligimiz ötgan yilga nisbatan ança baland. Bu ştammni davolaş usuli avvalgilaridan umuman farq qilmaydi. Bugun bizda 12 ta klinika işlayapti, ertaga 36 va indinga kerak bölsa, yana 116 ta klinikani oçişga tayyormiz.

Bu klinikalarda eng yomon ssenariylarga ham tayyorgarlik körilgan.

— Davolaş markazlari yetarli bölmay qolsa, odamlar uyda ham davolanişadi. Xöş, omikrondan uyda davolaniş usullari qanday böladi?

— Omikronning «yaxşi tomoni» 98 foiz bemorlar uy şaroitida davolanadi.  Faqat 2 foiz bemorlar şifoxonada davolanadi. Öylaşimça, bu körsatkiç Özbekistonda ham farq qilmaydi.

— Jiddiy karantin tartibi Özbekistonda qanday holatda qaytişi mumkin?

— Buni qonun qoidalari özgarmaydi. Bu jarayonda ikkilaniş davri bor. Unga köra, kasallaniş holatlari ikki barobar oşiş davri. Bu örta hisobda ikki hafta va undan uzoq bölsa, karantinga heç qanday asos yöq. Bu körsatkiç ikki kunga kelib qolsa, şunda karantin qoidalari kuçaytiriladi.

— Ötgan yili vaksinatsiya jarayonida ayrim vaksinalar yoki ularning turli bosqiçdagi dozalari yetmay qoldi. Hozirda bu borada holatimiz qanday?

— Hozir vaksina böyiça umuman savol yöq. Hozir fuqaroda tanlaşga imkoniyat bor. Hozir hamma partiyadagi vaksinalar zaxirasi mavjud.

Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi Abduqodir Tölqinov.