Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 11 yanvar kungi majlisida «Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan özgartiş kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi.
Qayd etilişiça, 2022 yil 30 aprelga qadar quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:
- Özbekiston Respublikasi hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş;
- ösimlik yoğini (paxta yoğidan taşqari) işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanma;
- göşt (mol, qöy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni söyişdan olingan mahsulotlarni, kartoşkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qiliş böyiça aylanma, şuningdek, ularni mamlakat hududiga olib kiriş.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan tölaqonli va uzluksiz ta’minlaşga, narx barqarorligini saqlaşga, aholi daromadlari oşişiga xizmat qilişi ta’kidlab ötilgan.
Ma’lumot uçun, kungaboqar va soya uruğlari hamda ösimlik yoği importi, şuningdek, ösimlik yoğini işlab çiqariş va içki bozorda realizatsiya qiliş 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgaça, göşt (mol, qöy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni söyişdan olinadigan mahsulotlarni, kartoşkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qiliş böyiça aylanma, şuningdek, ularni mamlakatga olib kiriş 10 oktyabrdan 31 dekabrgaça qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilingan edi.












