Qozoğistondan KXŞT qöşinlarini olib çiqib ketiş 13 yanvarda boşlanadi va 10 kun içida yakunlanadi, deb ma’lum qildi KXŞT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov.

"12 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Nur-Sultonda KXŞT boş kotibi Stanislav Zasni qabul qildi. Qozoğiston rahbari ittifoqçilarga tinçlikparvarlik operatsiyasi ötkazgani va terrorçilik hujumi şaroitida kömaklaşgani uçun minnatdorlik bildirdi. Qozoğiston prezidenti KXŞT tinçlikparvarlik missiyasi yakunlanganini e’lon qildi", - dedi u.

Zaynetdinovning sözlariga köra, Qozoğistondan KXŞT qöşinlarini olib çiqib ketiş 13 yanvarda boşlanadi va 10 kun içida nihoyasiga yetadi.

Qozoğistonda ommaviy norozilik namoyişlari tartibsizliklarga aylanib ketganidan söng Töqayev KXŞTga tinçlikparvar kuçlar kiritilişini sörab murojaat qilgandi. Ma’lumotlarga köra, Qozoğistonga 2030 nafar tinçlikparvarlik kuçlari xizmatçilari va 250 dona texnika kiritilgan.