Farğona şahridagi xonadonlardan biridan ikki kişining jasadi topilgan, şuningdek, şu xonadonga mehmonga kelgan bir kişi şifoxonaga olib borilişiga qaramay vafot etgan.
Ma’lum bölişiça, 14 yanvar kuni soat 13:00 da Farğona şahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yiğini Abdulla Qodiriy köçasi 43-uy, 44-xonadonda yaşovçi ikki nafar fuqarolar jasadi hamda şu xonadonga mehmonga kelgan fuqaro Respublika şoşilinç tibbiy tez yordam ilmiy markazi, Farğona filialiga olib borilib, tez tibbiy yordam körsatilganiga qaramasdan vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra fuqarolar is gazidan zaharlangani gumon qilinayotgani ma’lum böldi.
Şuningdek, mazkur favqulodda vaziyatni örganiş böyiça şahar komissiya tarkibi tasdiqlangan.
Avvalroq Farğona viloyati Farğona tumanida ota va öğil is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.












