«Özgidromet» 19 yanvar kuni Qamçiq dovoni yölida haydovçilar uçun noqulay ob-havo yuzaga kelişi mumkinligi sababli ogohlantiriş bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, şu kuni A-373 Toşkent—Öş avtomobil yölining Qamçiq dovoni hududida qor körinişida yoğingarçilik, vaqti-vaqti bilan kuçli yoğingarçilik bölişi, tuman tuşib, körinuvçanlik 50 metrgaça pasayişi kutilmoqda.
Şuningdek, şamol tezligi sekundiga 17-22 metrgaça kuçayişi, yölda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelişi mumkin.
Avvalroq «Özgidromet» respublikaning toğli hududlarida 19 yanvargaça qor köçişi xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.












