Koronavirus infeksiyasi aniqlangan bolani uy şaroitida qanday davolaş mumkin? Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boş şifokori, tibbiyot fanlari doktori Abdumannon Abduqayumovning tavsiyalarini keltirdi.

Koronavirusning yangi ştammi aksariyat bemorlar, ayniqsa, bolalarda yengil keçmoqda. U asosan tana haroratining kötarilişi, tomoq oğriği, burun oqişi, yötal, boş oğriği belgilari bilan namoyon böladi.

Ta’m va hid biliş qobiliyatining yöqolişi deyarli kuzatilmaydi. Bolalarda ba’zi hollarda turli toşmalar ham paydo bölişi mumkin. 

Tana harorati bir yoşgaça bölgan bolalarda 38,0, bir yoşdan oşgan öğil-qizlarda esa 38,5 darajadan oşmagunça, heç qanday dori vositalari beriş tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, antibiotiklar virusli infeksiyalarda umuman natija bermaydi.

Tana harorati yuqoridagi ölçovlardan oşganda, ibuprofen yoki paratsetamol içiriş tavsiya etiladi. Kiçik yoşli bolalarga isitma tuşiruvçi sveçalarni ham qöllasa böladi. 

Uy şaroitida koronavirusga çalingan bolalarga: 

  • 3 kungaça har soatda oz-ozdan suyuqlik içiriladi; 
  • darmondorilarga boy taom va mahsulotlar beriladi;
  • öz vaqtida va me’yorida uxlaşi hamda sovqotib qolmasligi çoralari köriladi;
  • turli vitaminlar iste’mol qilinadi.

Agar bolalarda kasallik davomida: 

  • nafas yetişmovçiligi;
  • hansiraş;
  • lablarning çetlari kökarişi; 
  • holsizlik;
  • çuqur yötal belgilari paydo bölsa, oilaviy şifokor yoki mahalliy pediatr bilan maslahatlaşgan holda bemorning statsionar tarzda davolanişi masalasi körib çiqilişi kerak. 

«Şu örinda farzandlariga COVID-19 taşxisi qöyilgan ota-onalardan ortiqça xavotir va sarosimaga berilmay, şifokor tavsiyalariga amal qilişlarini söraymiz», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.