Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Içki işlar vazirligining:

  • Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi qaroriga ilovada belgilangan, faoliyatini davom ettiradigan yöl-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş orqali uşbu maskanlarda inson omilini çeklagan holda transport vositalarining tösiqsiz harakatlanişini ta’minlaş böyiça “Yaşil” va “Qizil” yölak tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş;
  • yöllarda transport oqimini hisoblaş, tirbandliklar oldini oliş va qidiruvda bölgan transport vositalarning harakatlaniş yönalişini aniqlaş, transport vositalari töğrisidagi ma’lumotlarni masofadan uzatiş hamda harakatlanişini nazorat qiliş imkoniyatini yaratuvçi “RFID” (Radio çastotani identifikatsiyalaş texnologiyasi) tizimini (“RFID” tizimi) joriy etiş töğrisidagi takliflari ma’qullanadi.

Belgilanişiça:

  • 2022 yil 1 martdan boşlab Toşkent viloyati Ohangaron tumanida joylaşgan “Çinor” va Namangan viloyati Pop tumanida joylaşgan “Namangan” yöl-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan töliq jihozlangan “Yaşil” va “Qizil” yölak tizimi joriy etiladi va bosqiçma-bosqiç respublikaning qolgan yöl-patrul xizmati statsionar postlarida qöllaniladi;
  • Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga kiriş-çiqiş joylaridagi yöl-patrul xizmati maskanlari, blokpost va tösiq postlarida örnatiladigan transport oqimini hisoblaş, tirbandliklar oldini oliş, qidiruvda bölgan transport vositalarning harakatlaniş yönalişini aniqlaş hamda transport vositalari töğrisidagi ma’lumotlarni masofadan uzatiş imkoniyatini öz içiga olgan “RFID” tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi;
  • Içki işlar vazirligi “RFID” tizimini eksperiment tariqasida joriy etiş va yuritişga mas’ul organ hisoblanadi.