Migratsiya agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan 8 ming 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 ming 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 ming 424 nafariga moddiy yordam körsatildi.
Qayd etilişiça, 7 ming 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan. 358 nafar mehnat migranti vaqtinça xostelga joylaştirilgan.
Bundan taşqari, 2021 yilning 12 oyi davomida xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaro jasadi olib kelingan. 321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarilgan.
Agentlik xabariga köra, oğir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.
Mehnat migrantlarining iş beruvçilar tomonidan tölanmay turgan qariyb 984,1 ming AQŞ dollari miqdoridagi iş haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan.











