Ikki farzandning otasi Iqboljon Ergaşev 8 yildan buyon jigar sirrozi kasalligi bilan kuraşib keladi. Undagi kasallik tufayli oilada halovat yöqolgan. Bemorning singlisi öz akasiga jigarini berişga rozilik bergan. Hindistonda ötkaziladigan jigar köçiriş amaliyotini ötaş uçun oilada mablağ yetarli emas. Şu paytga qadar oilasining uç a’zosidan ayrilgan ona öğlidan ham ayrilib qolişdan xavotirda.

Farğona viloyati Qöştepa tumanida istiqomat qiluvçi ikki farzandning otasi Iqboljon Ergaşev 8 yildan buyon jigar sirrozi kasalligi bilan kuraşib keladi. Undagi kasallik tufayli oilada halovat yöqolgan. Bemorning singlisi öz akasiga jigarini berişga rozilik bergan. Hindistonda ötkaziladigan jigar köçiriş amaliyotini ötaş uçun oilada mablağ yetarli emas.

Bemorning onasi Saodat Mamajonova katta kelini va ikki nevarasini tuproqqa qöygan. Endilikda oila öğlidan ayrilib qolişdan taşvişda.

«Öğlim Iqboljonni Hindistonga olib borib, operatsiya qildiriş kerak. Buning uçun mablağimiz yetmayapti. Öz singlisi jigarini berişga rozi bölgan. Oilaning uç a’zosini tuproqqa qöydim. Törtinçisiga kelganda çiday olmayapman. Ölimdan çiqmadi boşimiz...

Mablağ topiş uçun bormagan joyimiz qolmadi. Farzandim oyoqqa turib, bolalarining orzu havasini körişini xohlayman. Saxovatli insonlardan öğlimning tuzalib ketişida yordam berişlarini sörayman. Keça-yu kunduz şifo berişini Allohdan sörayapman. Kasallik öğlimda oxirgi bosqiçiga ötgan. Juda qiynalib ketdik. Dori-darmonlari ham qimmatlik qilyapti», – deydi bemorning onasi Saodat Mamajonova.

Azizlar, bir vatandoşimiz siz kabi yaxşilar kömagiga muhtoj!

 

Iqboljon Ergaşevga tegişli kartalar:

Humo: 9860 0803 9463 9621 (Iqboljon Ergaşev nomida)

Sberbank: 5469 1200 1698 6340  (Xudoberdi Abdulahadov nomida, jiyani)

Sarvar Ziyayev tayyorladi.