2020 yil dekabrida Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Elektron turdagi suğurta xizmatlarini körsatiş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 780-sonli qaror qabul qilingan. Unda aholiga qulaylik yaratiş maqsadida suğurta polisini masofadan turib, elektron tarzda rasmiylaştiriş va E-polis’ga ega böliş tartib-taomillari belgilangan.

Şuningdek, Moliya vazirligi suğurta taşkilotlari bilan birgalikda 2021 yil 1 martdan boşlab Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça E-polis sotiş, rasmiylaştirişni amalga oşirişi belgilab qöyilgandi.

Oradan qariyb 1 yil ötdi. Tizim qanday işlayotgani, E-polis oliş imkoniyatlari qanday ekanini amalda sinab kördik.

E-polis nima?

E-polis — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça elektron şaklda tuzilgan suğurta şartnomasi. Uni rasmiylaştiriş uçun suğurta kompaniyasi ofisiga boriş şart emas. Şartnoma masofadan turib, internet orqali tuziladi, polis mijozga elektron hujjat (fayl) körinişida taqdim etiladi. Uni istalgan joyda printerda çop etiş yoki mobil qurilma xotirasida saqlab qöyiş mumkin. E-polis – qoğoz şaklidagi şartnomaga tenglaştiriladi.

Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan E-polis tan olinadimi?

Ha, albatta. Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan E-polis haqiqiyligini QR-kodni öqib oliş yoki E-polis noyob raqamini kiritiş orqali amalga oşiriladi. Bunda E-polis qoğozga çiqarib olingan yoki elektron şaklda yoxud boşqa vizual şaklda taqdim qilinişi şart, ya’ni siz uni DYHX xodimiga körsatsangiz kifoya.

E-polis tizimi nima uçun kerak?

Suğurta kompaniyasi ofislarini izlab, ovora bölmaslik, ofislarda navbatda turmaslik, pensioner, imkoniyati çeklangan nogironlar uçun qulaylik yaratiş, uzoq-çekka hududlarda istiqomat qiluvçi aholiga yengillik yaratiş maqsadida suğurta polisini masofadan turib, onlayn tarzda oliş imkoniyati berilmoqda. Bu hozirgi pandemiya şaroitida ham dolzarb masala. Kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet pulini onlayn tölaşni örganib oldik. Transport vositasi egalari tomonidan har yili rasmiylaştiriladigan suğurta polisi ham şular qatoriga kirişi kerak.

Bu muhim: qaysi taşkilotlar E-polis tizimining barqaror işlaşi uçun javobgar?

Qarorga köra, 3ta taşkilot elektron turdagi suğurta xizmatlarini (E-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oşiradi:

1) Moliya vazirligi;

2) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi;

3) Suğurta tölovlarini kafolatlaş jamğarmasi.

Aynan ular zimmasiga tizimning barqaror işlaşini ta’minlaş vazifasi yuklatilgan.

E-polis tizimi qanday işlamoqda?

Buni aniqlaş uçun imtiyozli toifadagi (pensioner yoki nogiron) va soni çeklangan haydovçi uçun elektron suğurta polisini onlayn rasmiylaştirişga harakat qilib, jarayonni örgandik.

Örganiş natijalari

Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi tomonidan Özbekistonda 42ta kompaniyaga suğurta faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasi berilgan. Albatta, ularning har birini E-polis tizimi böyiça tekşiriş imkonsiz. Şu tufayli, 2021 yil 9 oy yakunlariga köra suğurta mukofotlari miqdori 100 milliard sömdan oşgan eng yirik 9 kompaniya orqali tizimni örgandik, ular orqali E-polis rasmiylaştirişga harakat qildik. Natijalar köngildagidek bölmadi. Tizim aksariyat hollarda lozim darajada işlamayotgani aniqlandi.

«Gross Insurance» - Özbekistonning eng yirik suğurta kompaniyasi (suğurta mukofotlari umumiy qiymati 272 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida bor, ammo faqat haydovçilar soni «çeklanmagan» bölsa.

Ma’lumot uçun, E-polis 2 xil böladi: haydovçilar soni çeklangan (1-5 kişi) yoki çeklanmagan. Polis qiymati ham şunga mos, çeklangan haydovçilar soni uçun polis narxi 40-60 ming atrofida, çeklanmagan bölsa 120-168 ming söm. 

«Gross Insurance» faqat soni çeklanmagan haydovçilar uçun polisni taklif qilmoqda. Kompaniya aloqa markazi operatori buni «çeklangan haydovçilar uçun maxsus blankaning yöqligi, ular Moliya vazirligi tomonidan yetkazib berilmagani» bilan izohladi.

«Özbekinvest» (241 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida bor, ammo bunda ham faqat haydovçilar soni «çeklanmagan» bölsa. Kompaniya aloqa markazi operatori buni «tizim hozirça işlamayotgani, qaçon işlab ketişi noma’lum ekani» bilan izohladi. Qiziği şundaki, polisning çeklanmagan haydovçilar soni uçun berilişini barça ma’lumotlarni kiritib bölganingizdan keyin bilasiz. Vaholanki, bu haqda veb-saytda oldindan ogohlantiriş berilişi şart.

«Özagrosuğurta» (181 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida yöq. Borligi körsatilgan, biroq, sahifaga ötmoqçi bölsangiz «404» xatolik yuz beradi. Bunday xatolik sahifa mavjud emasligini anglatadi. Aloqa markazi operatori bilan boğlanişning imkoni bölmadi.

«Kafolat suğurta kompaniyasi» (168 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida bor. Bunda har ikki turdagi polisni ham (çeklangan yoki çeklanmagan sonli) oliş mumkin (Moliya vazirligi blankalarni vaqtida yetkazib bergan şekilli). Biroq, pensioner va nogironlar uçun polisni rasmiylaştiriş imkoniyati yöq. Aloqa markazi operatori buni tizimning Pensiya jamğarmasiga integratsiya qilinmagani bilan izohladi. Ya’ni, şaxsning pensioner yoki nogiron ekanini Pensiya jamğarmasi bilan boğlanib, avtomatik tarzda aniqlaş imkoniyati hali yöq.

Ma’lumot örnida, imtiyozga ega fuqarolar, pensionerlar, nogironlarga suğurta polisi uçun 50 foizgaça çegirma beriladi.

«Apex Insurance» kompaniyasi (165 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida bor. Ammo rasmiylaştiriş jarayoni yakunlanmay qolmoqda – barça ma’lumotlar kiritilib, «Tasdiqlaş» tugmasi bosilganda natija bermayapti. Bu haqda aloqa markazi operatori bilan boğlanganda «sizga qönğiroq qilişadi» mazmundagi javob olindi. Ammo heç kim qönğiroq qilmadi.

«My Insurance» (152 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida bor. Bunda har ikkala turdagi polisni oliş mumkin. Biroq, pensioner va nogironlar uçun polisni rasmiylaştiriş imkoniyati yöq. Kompaniya aloqa markazi bilan boğlanişning imkoni bölmadi.

«Alfa Invest» (129 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida bor. Jarayon boşqalarga nisbatan qulay. Biroq, pensioner va nogironlar uçun polisni rasmiylaştiriş imkoniyati yöq. Aloqa markazi operatori bunday imkoniyat tizimga kiritilmaganini, qaçon joriy qilinişini bilmasligini aytdi.

«Euroasia Insurance» (120 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati  Bunda har ikki turdagi polisni oliş mumkin. Biroq, pensioner va nogironlar uçun polisni veb-sayt orqali rasmiylaştiriş imkoniyati yöq. Aloqa markazi operatori bunday imkoniyat tizimga kiritilmagani, qaçon joriy qilinişini bilmasligini aytdi. Biroq, boşqaça usulda yordam berdi. Telegram orqali u bilan boğlanib, zarur hujjatlar fotosuratini jönatdik, polis narxini mobil ilova orqali töladik va imtiyozli elektron polisni oldik. Vazifa uddalandi.

«Temiryöl-suğurta» (119 mlrd söm), E-polis rasmiylaştiriş imkoniyati veb-saytida bor. Bunda har ikkala turdagi polisni oliş mumkin. Biroq, pensioner va nogironlar uçun polisni veb-sayt orqali rasmiylaştiriş imkoniyati yöq. Aloqa markazi operatori bunday imkoniyat tizimga kiritilmaganini, qaçon joriy qilinişini bilmasligini aytdi. Ammo bu kompaniya ham imtiyozli polis oliş uçun yordam qölini çözdi. Ya’ni, kompaniya vakiliga tegişli hujjatlar fotosurati jönatilsa, polis uyga yetkazib berilişini ma’lum qildi. Bu ham yaxşi usul.

E-polis tizimi nuqsonli işlamoqda, uni sozlaş lozim

Eng yirik 9 ta suğurta kompaniyasi misolida buning guvohi böldik. Ba’zi kompaniyalar agar haydovçilar soni çeklangan bölsa, polis sotmayapti, buning sabablari tuşunarsiz.

Aksariyat kompaniyalarda imtiyozli toifadagi fuqarolar uçun polisni onlayn rasmiylaştiriş imkoniyati yöq. Katta ehtimol bilan, tizim Pensiya jamğarmasi bilan integratsiya qilinmagan, ya’ni fuqaroning imtiyozli toifaga kirişini avtomatik tarzda aniqlay olmaydi. Aslida, E-polis tizimi köproq mana şu toifadagi fuqarolar oğirini yengil qiliş uçun joriy qilingan emasmi?

2021 yil 9 oyi yakunlariga köra, Özbekistondagi suğurta kompaniyalari 2 trln sömdan ortiq suğurta mukofotini olgan. Körsatkiç yil sayin ösib bormoqda.

E-polis tizimi joriy qilinişi – vaqt talabi. 7-8 yil oldin kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet pulini uyda ötirgan holda, bir zumda tölaşni tasavvur qilolmasdik. Bugun bu jarayon juda oddiy va qulay bölib qoldi – tizim maromida sozlandi. E-polis tizimi ham şunday bölişi şart.

 Nurmuhammad Said