“2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmoğini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar bekor qilinadi: 

  • donor qonini töplaş va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqarişni xususiy tartibda amalga oşirişga taqiq; 
  • dori vositalarining klinik tadqiqotlarini soğlom köngillilarda ötkazişga çeklov;
  • tarkibi bir xil bölgan dori vositalarini bir işlab çiqaruvçi tomonidan turli savdo nomlari ostida işlab çiqarişga çeklovlar.

Farmatsevtika tarmoği va respublika soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilotlarni zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq majburiy sertifikatlaş muddatlari 2024 yil 1 yanvargaça uzaytiriladi.

2022 yil 1 fevraldan mahalliy işlab çiqaruvçi taşkilotlarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda röyxatdan ötkaziş xarajatlarining 75 foizi ular röyxatdan ötkazilganligini tasdiqlovçi hujjat taqdim etilgandan söng Farmatsevtika tarmoğini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamğarmasidan qoplab beriladi.

2023 yil 1 yanvardan farmatsevtika mahsulotlari böyiça davlat xarid tanlovlarida faqatgina “Zarur işlab çiqariş amaliyoti (GMP)” standartlari asosida dori vositalarini, “ISO:13485” standartlari asosida tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani işlab çiqarişni taşkil etgan taşkilotlar va “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” standartlarini joriy etgan ulgurji savdo taşkilotlari qatnaşişiga ruxsat beriladi.