Bundan uç oy muqaddam bölib ötgan Senatning 20-yalpi majlisida “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi qonun senatorlar tomonidan Qonunçilik palatasiga qaytarilgandi. Qonunni körib çiqiş jarayonida senatorlar va adliya vaziri Ruslanbek Davletov örtasidagi tortişuv jamoatçilik e’tiborini tortgandi.
Xususan, faol jamoatçilik senatorlar qonunning mohiyatini tuşunmagan holda ortga qaytarganini, adliya vazirining örinli fikrlari inobatga olinmaganini ta’kidlagandi.
Senat esa qonun batamom bekor qilinmaganini, balki qonunni puxta işlaş nuqtayi nazaridan qaytarilganini, keyingi yalpi majlislarda qaytadan muhokamaga qöyilişini bildirgandi.
Şundan buyon Senatda 2 marta yalpi majlis bölib ötdi, ammo qonun kun tartibidan örin olmadi. Şunga köra, qonunning keyingi taqdiri mavhumligiça qolmoqda.

Ijtimoiy tadbirkorlik özi nima?
Ijtimoiy tadbirkorlik – aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini iş örinlari, ijtimoiy tovarlar va ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlaş, aholiga tibbiy buyumlar, dori vositalari yoki ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini tannarxida yoxud tannarxidan past bölgan narxlarda sotiş, favqulodda holatlarga qarşi kuraşiş va ularning oqibatlarini bartaraf etiş hamda boşqa ijtimoiy maqsadlarni közlagan faoliyat hisoblanadi.

Körinib turibdiki, ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatining birlamçi maqsadi daromad oliş emas, balki aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini iş örinlari, arzon ijtimoiy tovarlar va arzon ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlaş hisoblanadi.
Şunday ekan, uşbu maqsadlarga erişiş yölida ijtimoiy korxona köradigan zararlarni oz bölsa-da qoplaşga xizmat qilişi uçun imtiyozlar berilişi mantiqan töğri böladi. Axir, hamma saxovatpeşa tadbirkorlar ham imtiyozlarsiz işlaşga könavermaydi.
Bir qonun tarixi
Özbekistonda mazkur qonunni işlab çiqiş böyiça ğoyalar bir neça yillardan buyon mavjud bölib kelgan.
2020 yilga kelib, ğoya hujjatga köçdi – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2020 yilgi davlat dasturining 190-bandida ijtimoiy tadbirkorlik böyiça qonun loyihasi işlab çiqiş vazifasi belgilandi.
Loyihada ilğor xorijiy tajriba asosida ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari, ijtimoiy tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va majburiyatlari hamda ularni rağbatlantiriş çoralari nazarda tutilişi lozimligi qayd etildi.

Şunga asosan Adliya vazirligi “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqib, 2020 yil 24 mart kuni jamoatçilik muhokamasiga qöydi. 2021 yil 13 yanvar kuni loyiha Qonunçilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritildi.
Uzoq muddatdan söng, ya’ni 2021 yil 24 avgust kuni Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi qonunni qabul qilib, Senatga yuboriş haqidagi qarorga keldi.
Senatorlar imtiyozlardan norozi
Noçorlarni qöllaşga qaratilgan imtiyozlar senatorlarni nega norozi qilgani köpçilik uçun qoronğiligiça qolmoqda. Har holda, qonun yalpi majlisda körib çiqilayotganda senatorlar bildirgan fikrlardan ularning ijtimoiy tadbirkorlik mohiyatini tuşunmay, odatiy tadbirkorlik bilan çalkaştirib yuborganliklari közga taşlandi.
Xususan, senator Baxtiyor Umarov va uni qöllab-quvvatlagan boşqa senatorlar ijtimoiy korxonalarga nazarda tutilgan imtiyozlar “biznes muhitiga salbiy ta’sir qilişi, investorlar kelmay qöyişi, Jahon banki tadbirkorlikka imtiyoz bermaslikni tavsiya etgan”ini ta’kidlaşdi.

Imtiyozlar xorijda yöqmi?
Imtiyozlar borasida senatorlarning e’tirozi qançalik asosli? Ijtimoiy korxonalar xorijda imtiyozsiz işlaydimi?
Uşbu savollarga javob oliş uçun bir neça xorijiy davlatlar tajribasini körib ötamiz.
Rossiya Federatsiyasi qonunçiligiga ijtimoiy tadbirkorlik bilan boğliq tuşunça va qoidalar 2019 yilda kiritilgan. “Rossiya Federatsiyasida kiçik va örta tadbirkorlikni rivojlantiriş töğrisida”gi qonunga köra, ijtimoiy tadbirkorlik sohasida faoliyat yurituvçi kiçik va örta biznes sub’yektlariga davlat tomonidan mulkiy, moliyaviy va boşqa bir qator qöllab-quvvatlovlar berilişi nazarda tutilgan. Şuningdek, qonunda ijtimoiy ehtiyojmand toifalar röyxati ham keltirilgan. Negadir rossiyalik senatorlar boşqa qonunlarda ham ehtiyojmand toifalar keltirilganini aytib qonunni qaytarib yuborişmagan.
Belgiyada 1995 yildagi qonun bilan “ijtimoiy maqsadli korxona” tuşunçasi belgilandi, uşbu turdagi korxonalarga imtiyozlar nazarda tutildi.
Janubiy Koreyada 1997 yilda qabul qilingan “Ijtimoiy korxonalarni rivojlantiriş töğrisidagi”gi qonunda ijtimoiy korxonalarga bir qator qöllab-quvvatlovlar, xususan, soliq imtiyozi közda tutilgan.
Boşqa bir qator xorijiy davlatlarda ham ijtimoiy korxonalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan köplab çora-tadbirlar belgilangan.
Qonun taqdiri nima böldi?
“Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti töğrisida”gi qonunga köra, Senatning qonunni rad etiş töğrisidagi qarorida rad etiş vajlari körsatilişi kerak. Şuningdek, qarorda bir vaqtning özida qonunga özgartişlar va qöşimçalar kiritiş zarurligi töğrisidagi, şuningdek kelişuv komissiyasi tuziş haqidagi takliflar bayon etilişi mumkin.
Ma’lum bölişiça, Qonunçilik palatasida qonun loyihasini takomillaştiriş böyiça Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi şuğullangani tufayli Senatdan qaytgan qonun uşbu qömitaning körib çiqişi uçun topşirilgan.
Qömita rahbari Mavludaxon Xodjayeva qonunni rad etiş töğrisidagi Senat qarorida kelişuv komissiyasi tuziş nazarda tutilmaganini bildirdi. Uning qöşimça qilişiça, Senat yalpi majlisida qonunni rad etiş böyiça qaysi vajlar bildirilgan bölsa, Senat qarorida ham uşbu vajlar keltirilgan. U yakunda Qonunçilik palatasi qonun böyiça Senat bilan kelişuv komissiyasi tuziş qaroriga kelganini, dekabr oyida uşbu masala böyiça Senatga taklif jönatilganini, hozirça Senatdan rasmiy javob bölmaganini bildirdi.

Foto: uzlidep.uz
“Qonunni işlab çiqişdan maqsad – ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning faqat davlat tomonidan tölanadigan nafaqaga qaram bölib qolmasdan, ularni mehnat bilan şuğullanişga ruhlantiriş, ularni iş bilan ta’minlamoqçi bölgan tadbirkorlarga rağbat hosil qiliş edi. Çunki, imtiyoz bölmasa, har kim ham nogironni işga olişni xohlayvermaydi. Imtiyozlar berilsa, iş beruvçilar ehtiyojmand, imkoniyati çeklangan toifani işga olişga oğrinmaydi. Buning natijasida ehtiyojmand qatlamda ham nafaqa olib, ham maoş olib, yaşaşga qiziqişi birmunça oşgan bölardi”, – deydi qömita rahbari.

Quyi palata taklifi böyiça Senatdan ma’lumot olişning imkoni bölmadi.
Umid qilamizki, senatorlar qonunning ijtimoiy ahamiyati va muhimlik darajasidan kelib çiqib, qonun bilan çuqur tanişib çiqişadi va ijtimoiy ehtiyojmand aholi foydasiga qaror qabul qilişadi.
Abbos Salaydinov












