Tailandda 2022 yilning 1 yanvaridan 23 yanvarigaça bölgan davrda koronavirus bilan kasallangan xorijlik sayyohlar hisoblab çiqildi, ular orasida özbekistonliklar taşrif buyurganlarning 11,6 foizini taşkil etadi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar esa eng kam kasallik yuqtirib olgan - taşrif buyuruvçilar umumiy sonining 1,18 foizi.

Turoperatorlarning fikriga köra, test ijobiy bölgan taqdirda, qöşimça xarajatlar bilan boğliq bölgan ikkinçi tadqiqotni ötkaziş kerak. Phuketda bitta PZRning narxi 2000 - 4300 bat (672 000 - 1 430 000 söm) darajasida. Samuida tariflar biroz pastroq. 

Agar ikkinçi test natijasi musbat bölsa, karantinga joylaşişga töğri keladi. Buni ham hozirça öz hisobidan tölaş kerak, çunki standart tibbiy suğurta maxsus mehmonxonada yaşaş narxini qoplamaydi. 

Biroq 1 fevraldan özbekistonliklar ham foydalanişi mumkin bölgan Test & Go dasturi qayta joriy etilganidan söng, Tailandning özidayoq keng qamrovli tibbiy suğurta oliş mumkin böladi.

Mutaxassislar sayohatni bekor qiliş suğurtasini sotib olişni va jönaşdan oldin kasallik belgilari sezilsa, sayohat kunlarini keçiktirişni tavsiya qilyapti.