Bu gal Belarus prezidentining murojaati odatdagidan boşqaça ötdi. Unga turli kasb vakillari: siyosatçilar, iqtisodçilar, öqituvçilar va jurnalistlar taklif etildi. Prezidentning aytişiça, keyingi murojaatlar şunday formatda ötadi.

Belarus Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etadimi?

Lukaşenko nutqi davomida bir neça marta Ukrainadagi ehtimoliy uruş mavzusiga töxtaldi. Bu haqda Ğarb naşrlari ötgan yil oktyabridan buyon ogohlantirib keladi. Ular Rossiya Ukraina bilan çegarada 100 mingdan ortiq qöşin töplaganini aytişadi. Ğarb razvedkasi ma’lumotlariga köra, Ukrainaga hujum Belarus hududidan ham boşlanişi mumkin. AQŞ Davlat departamenti Belarusni öz hududidan bosqin uyuştirilişiga imkon bersa, jiddiy çoralar körilişidan ogohlantirgan.

Rasmiy Moskva va Minsk Belarusda fevral oyida qöşma harbiy maşğulot boşlanişini e’lon qilgan. Lukaşenko uruşning ehtimoliy holatlari haqida gapirar ekan, u ikki holatda sodir bölişini aytgan: yoki Belarusga töğridan töğri agressiya amalga oşirilsa yoki Belarusning ittifoqçisi Rossiyaga hujum qilinsa.

«Bularni şunçaki istisno sifatida aytdim. Ammo juda-juda umid qilamanki, bu ikki holatda ham uruş qilişga majbur bölmaymiz», dedi Lukaşenko.

«Öğillaringizni uruşga yuborasizmi?»

Murojaat vaqtida Lukaşenkoga zaldagilar ham savol berişdi. Mogilyovlik öqituvçi şunday savol bilan murojaat qildi: «Uruş boşlansa, frontga öğillaringizni yuborasizmi?»

Bunga javoban Lukaşenko özining ham, boşqalarning ham farzandini uruşga yuboriş maqsadi yöqligini aytdi.

Mustaqillik masalasi

Lukaşenko nutqi davomida mamlakat mustaqilligi va suvereniteti haqida köp gapirdi. U belaruslar milliy davlatçilikni qölga kiritiş uçun uzoq yölni bosib ötgani va ularda ikkinçi imkoniyat bölmasligini ta’kidladi. Lukaşenko ayni damda mamlakat mustaqilligiga jiddiy tahdid xavf solayotganini aytdi.

«2020 yil avgustida nima böldi? Belarus xalqi evolyutsiyasini yöqotişga uriniş böldi», dedi Lukaşenko prezidentlik saylovida uning ğalaba qozonganidan norozi bölgan minglab odamlar köçaga çiqqan namoyişlar haqida gapirar ekan. Lukaşenko saylovda özi ğalaba qozonganini iddao qilib, namoyişlar noqonuniy bölganini aytib keladi.

Belarus prezidentining iddaosiça, namoyişçilar mamlakatni tizzalatib, taşqi kuçlar ta’siriga tuşib qolişi uçun harakat qilgan. Lukaşenkoga köra, mamlakatdagi tartibsizliklarni yuzaga keltirişga 6 milliard dollar sarflangan, Ğarb turli dasturlar, seminarlar orqali insonlar fikrini özgartirgan.

Belarus prezidenti ikki yil avval avgustda sodir bölgan voqealarda Ğarbni ayblar ekan, ularning nomaqbul harakatlarini notöğri baholab, keç çora körgani uçun keçirim söradi. Lukaşenkoning aytişiça, xorijiy agentlar Belarusga ekolog, huquq faoli va jurnalist sifatida kelgan. U esa öşa vaqtda «iqtisod bilan band bölgan».

Belarus rus tilidan voz keçiş (u bizning rus tilimiz deb gapirdi), yodgorliklarni buziş, NATOga intiliş kabi ğoyalarni ilgari suriş Belarusdagi holatni izdan çiqariş uçun tarğib qilingan. Içki holat izdan çiqişi, milliy mustaqillik yöqotilişi va tarixning qayta yozilişiga Lukaşenko Ukrainani misol qilib keltirib, öz mamlakatida bunday holatlarga yöl qöymasligini aytdi.

Lukaşenko mamlakatda davlat boşqaçaroq bölişini istaydigan odamlar borligini tan olib, ularning ham talablari inobatga olinişiga va’da berdi. Qiziği, keyinroq Lukaşenko «özgaça davlat tuzişga intiliş»ni banditizm deb atadi.

«Demokratiya bu – intizom»

Lukaşenkoga zaldagilardan biri belarusça demokratiyani qanday tuşunişi haqida savol berdi. Bu savolga javob bergan Lukaşenko yana bir marta özining diktator ekanini tan olişdan uyalmadi: «Axir men diktatorman, demokratiya nimaligini tuşunmayman». Lukaşenkoning bu gapini kulgi bilan qarşi olişdi.

Lukaşenkoning fikriça, demokratiya bu tartib intizom demak, Yevropada bölgani kabi «haddan oşişga imkon beradigan» anarxiya emas. Uning fikriça, Ğarb demokratiyasi obrösizlanib böldi va örnak bölgulik emas. «Demokratiya va söz erkinligi vatani ekanini iddao qiladigan Amerikada butun boşli mamlakat prezidentining «oğzini yopişdi» (katta ehtimol bilan Trampning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari bloklangani nazarda tutilmoqda). Trampni qamaşlariga sal qoldi», dedi u Ğarb demokratiyasining havas qilarli emasligini aytar ekan.

Lukaşenko prezidentlik muddati haqidagi savolga ham javob berdi va maksimum ikkita muddatga ruxsat berilişi tarafdori emasligini aytdi. «Bilaman, köpçilikning joniga tegdim, dazmolni yoqsa ham, Lukaşenko çiqib kelaveradi», dedi Belarus prezidenti. Ammo uning aytişiça, öşanda (2020 yil avgustda) holat unga lavozimini tark etiş imkonini bermagan.

Lukaşenko oxirgi saylovlarda keyinçalik uning hukumatini qoralamasliklari uçun rozi bölganini aytdi. Uning aytişiça, heç qanaqa Babarikoni qamatmagan, lekin barça nomzodlar firibgar bölgan.

Belarus prezidenti mamlakatda şaxsga siğinişni tarğib qilmaganini aytdi. «Men haykalga aylanganim yöq, gapingizni özimga aytişingiz mumkin», dedi Lukaşenko mamlakatdagi norozi kayfiyatda bölganlarni taşqaridan prezidentga nima qilişni örgatadigan noşukrlarga qöşilmaslikka çaqirar ekan.

Konstitutsiya böyiça taklif

Lukaşenkoning bu safargi murojaati «xalqçil» formatda ötdi. 2,5 mingga yaqin kişi orasida Belarus hayotining barça jabhalariga mansub odamlar bor edi. PAVEL ORLOVSKY/TASS

Lukaşenko xalq yangi konstitutsiyani tasdiqlasa, birinçilardan bölib fuqarolik jamiyati böyiça qonun qabul qilinişiga va’da berdi. Uning fikriça, xorijdagi qoçoqlar odamlarning bu boradagi fikrini özgartirib yuborgan.

27 fevral kuni Belarusda yangi konstitutsiya böyiça umummilliy ovoz beriş jarayoni ötkaziladi. Unda prezident vakolatlari, daxlsizligi va u öldirilgan taqdirda qanday harakat qiliş bandlari kiritilişi taklif qilingan. Yangi konstitutsiyada nikoh faqat erkak va ayol örtasida tuzilişi, mamlakatda tinç atom harakatini rivojlantiriş, yadro qurolidan xoli hudud böliş statusini bekor qiliş kabi takliflar mavjud.

Lukaşenko mamlakat mustaqilligi bebaho narsa ekanini aytar ekan, belaruslar bu uçun borini berişga tayyorligiga işonç bildirdi. «Mustaqillik uçun nimalarga tayyorsiz? Bu borada javobingizni referendum kuni bilib olaman», dedi prezident.

«Eng yuqorini maqsad qilmang»

Nutqi davomida mamlakat yoşlariga murojaat qilgan Lukaşenko ularni mamlakat siyosiy hayotida faol iştirok etişlarini söradi, ammo eng yuqorini közlaş şart emasligini aytdi. Özining yoş prezident bölişi tasodif ekanini aytgan Lukaşenko ortiq bunday bölmasligiga va’da berdi.

U yoşlarga non va hamburger daraxtda ösmasligini aytdi: «Hamma narsa mehnatdan keladi, buni men öylab topmaganman». Lukaşenko yoşlarga köp maoş kerakligi, ammo ularni maqtaş zararli ekanini aytdi.

Lukaşenko belaruslarning umrini uzaytiriş uçun qölidan kelganini qilişini aytdi. Prezident tibbiyotning butun kuçi erta diagnostikaga qaratilişini ta’kidladi: «Nima qilsangiz, qiling, lekin odamlarni davolang. Istasangiz davlat buyurtmasi asosida qiling», dedi Lukaşenko mamlakat soğliqni saqlaş vaziriga qarata. U Ğarbda heç bir davlat odamlarni bepul davolamasligini ham eslatdi.

«Aqlsizlik nazorat ostida»

Lukaşenko Belarus dunyoni siyosiy qayta quriş jarayoni epimarkazida turganini ta’kidladi. © Pavel Orlovskiy/BelTA/TASS

Mamlakatning iqtisodiy rejalari haqida gapirgan Lukaşenko «çoraklik», «beş yillik» iboralarini tez-tez işlatdi. Uning fikriça, «ğalamislar har qanday inqirozda hukumatni ayblamasligi uçun» iqtisodiy infratuzilmani tiklaş siyosiy vazifa. U Rossiya bilan yaqinlik iqtisodiyotning asosi ekani, şu sabab Moskva bilan munosabatlar yanada yaqinlaşişini aytdi.

«Rossiya Belarusni «yutib yubormoqçi» degan safsatani bas qiling, bu bölmagan gap», dedi Lukaşenko. U Xitoy bilan hamkorlikni ham iqtisodiy va siyosiy masala deb atadi. Lukaşenko xalqaro sanksiyalardan qörqmasligini aytdi. Uning fikriça, mamlakat juda köp eksport qilmaydi va milliardlab odam yaşaydigan hamkorlari borligi taşqi savdo aylanmasi borasida rejalarni töldiriş uçun kifoya qiladi.

Qöşni davlatlarga, xususan, Litvaga Lukaşenko Belarus bilan iqtisodiy uruşni töxtatişni tavsiya qildi. Uning fikriça, keyingi bosqiçda haqiqiy uruş boşlanib ketadi. «Aqlsizlik hali jilovda bölgan vaqtda» yuzini saqlab qolişni maslahat berdi.