Tsvikkau şahridagi Volkswagen avtozavodi içki yonuv dvigatelli avtomobillarni işlab çiqarişni töxtatdi va dunyoda birinçi bölib faqat elektromobillar işlab çiqarişga ötdi. Bu haqda Volkswagen matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, şu vaqtga qadar heç bir işlab çiqaruvçi bunday qilmagan. Odatda elektromobillar yangi qurilgan zavodlarda işlab çiqarilgan.

Zavodni moslaştiriş uçun 1,2 mlrd. yevro sarflandi. Restrukturizatsiya işlari 2018 yilda boşlangandi.

Zavod yiliga 300 ming dona elektromobil işlab çiqariş quvvatiga ega.

Tsvikkauda Audi Q4 e-tron va Q4 e-tron Sportback, Cupra Born hamda ID.3, ID.4 va ID.5 elektromobillari işlab çiqariladi.